Oʻquv portalga oʻtish
Biz haqimizda

Biz haqimizda

Fermerlar maktabi - bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda eng zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoshlarga o‘rgatish, bilimli va malakali yosh fermerlarni tayyorlash va qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish sirlarini ochib beradigan O‘zbekistondagi ilk loyihadir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasining eng muhim bo‘g‘inlari bo‘yicha chuqur bilim va tajribalarni o‘zida mujassam qilgan – “Chorvachilik”, “Parrandachilik”, “Sabzavot va polizchilik”, “Issiqxona xo‘jaligi”, “Uzumchilik”, “Bog‘dorchilik”,  "Asalarichilik"  "Baliqchilik" hamda “Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik” modullari muvaffaqiyatli ta’lim olish va tadbirkorlikka ilk qadam qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
O‘quv kursida ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lib,  1 (bir) oylik o‘quv muddati davomida tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan mazmunli mashg‘ulotlar hamda mamlakatimizda taniqli agrar soha mutaxassislari, agrobiznes egalari va psixologlarni jalb qilgan holda qiziqarli, hayotiy tajribaga asoslangan mahorat darslari o‘tiladi. 

“Fermerlar maktabi” o‘quv kurslari mamlakatimizning 5ta hududida tashkil etilgan, ular: 

-  Toshkent (Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun); 
-  Andijon (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
-  Samarqand (Samarqand, Navoiy, Jizzax viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
-  Termiz (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun);
-  Nukus (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida doimiy ro‘yxatda turganlar uchun). 

Ushbu kursda ta’lim olish bir vaqtning o‘zida ham qiziqarli, ham samarali jarayon bo‘lib,  agrar sohada kelajak yutuqlar uchun zamin yaratadi.  Ushbu maqsad uchun "Fermerlar maktabi" o‘quv kursida barcha imkoniyat mavjud.

O‘quv kurslar haqida: 
- “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi;
- “O‘simliklarni himoya qilish” o‘quv kursi;
- “Bilimlar zamini”;
- “Respublikada mavjud biolaboratoriya rahbar va xodimlari malakasini oshirish” qisqa muddatli kurslari;
- “Chorvachilik, qo‘ychilik, echkichilik va jun sanoatini rivojlantirish” bo'yicha qisqa muddatli kurslar;
- “O‘simliklarni himoya qilish asoslari” malaka oshirish  kursi;

1 oylik "Fermerlar maktabi" o'quv kursiga kirish bo'yicha Namunaviy savollar:

Namunaviy savollar

So‘ngi yillarda agrosanoat majmuasida dehqon xo‘jaliklarining roli o‘sib bormoqda. Yuqori hosil olish va bor resurslardan oqilona foydalanish bugungi kun talabi. 

“Fermerlar maktabi” qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z biznesini ochish yoki yuritish uchun «Agrobank» ATB kreditlarini olayotgan yoshlarning soha bo‘yicha bilim va malakaga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni hamda sohada faoliyat yuritayotgan fermerlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish orqali mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

 

“Fermerlar maktabi” o‘quv kursi uchun
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar
- 18 yoshga to'lgan, ammo 35 yoshdan oshmagan, shuningdek, kamida o'rta ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi;
- chorvachilik, parrandachilik, issiqxona xo'jaligi, sabzavot va polizchilik yoki uzumchilik yo'nalishlaridan biri bilan shug’ullanish istagi bo'lishi.
Qabul kvotasining kamida 30 foizi ayollarga ajratish tavsiya etilgan.
 
Hujjatlarni qabul qilish muddatlari
Hujjatlarni qabul qilish (onlayn so'rovnomalarni to’ldirish) har bir qabul davrida kamida 15 kun davom etadi.
 
Hujjatlarni topshirish tartibi
O'qish istagini bildirgan nomzodlar maktabning rasmiy veb-sayti va telegram boti orqali quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda onlayn so'rovnoma bilan murojaat qilishadi, xususan:
- onlayn so'rovnoma (anketa) to'ldiriladi;
- pasport nusxasi.
 
Tanlovni o'tkazish tartibi
Fermerlar maktabi kursiga o'qishga qabul qilish uchun tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi. 
1 - bosqichda nomzodlarning hujjatlari Tanlov komissiyasi tomonidan o'rganilib, birlamchi ro'yxat shakllantiriladi.
2 - bosqichda saralangan nomzodlar bilan bevosita (yoki onlayn) suhbat o'tkazilib, natijalari bo'yicha tinglovchilarning yakuniy ro'yxati shakllantiriladi.
 
 
 
Xozirgi kunda o‘quv kurs KUNDUZGI ta’lim shaklida amalga oshirilib, nazariy va amaliy qismlardan iborat.
Nazariy – oliy o‘quv yurtlari bazasidan olingan bo‘lib, soha ekspertlari tomonidan 1 oylikka ya’ni intensiv o‘quv kursiga moslashtirilgan. Barcha darslar malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi. Tinglovchilar o‘zlari qiziqqan qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rganish jarayonida oliy o‘quv yurtlari bazasidagi kamyob kitoblardan va soha ekspert mutaxasisilari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan AGROBOOKS to‘plamlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
 
Amaliy – amaliy mashg‘ulot darslar tinglovchilar nazariy bilimlarni egallaganlaridan so‘ng hududlardagi yirik chorvachilik va parrandachilik komplekslari, zamonaviy issiqxonalar, sabzavotchilik va polizchilik xo‘jaliklari hamda klasterlarda bevoista ishtirok etgan holda olib boriladi.
 O‘qish muddati – 1 (bir) oy 
 
Yo‘nalishlar 
- Chorvachilik
- Parrandachilik
- Sabzavotchilik va polizchilik
- Issiqxona xo‘jaligi
- Uzumchilik
- Bog‘dorchilik
- Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik

Yangiliklar

Maqolalar

Ta’lim yo‘nalishlari

1. Chorvachilik
1. Chorvachilik
2. Parrandachilik
2. Parrandachilik
3. Sabzavot va polizchilik
3. Sabzavot va polizchilik
4. Issiqxona xo‘jaligi
4. Issiqxona xo‘jaligi
5. Uzumchilik
5. Uzumchilik
6. Bogʻdorchilik
6. Bogʻdorchilik
7. Asalarichilik
7. Asalarichilik
8. Baliqchilik
8. Baliqchilik
Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik <i><small>(barcha modullar bo’yicha)</small></i>
Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik (barcha modullar bo’yicha)

Maktablarda mavjud yoʻnalishlar

Toshkent maktabi
1. Parrandachilik
2. Issiqxona xo'jaligi

3. Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik (barcha modullar bo'yicha)
Andijon maktabi
1. Chorvachilik
2. Asalarichilik
3. Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik (barcha modullar bo'yicha)
Nukus maktabi
1. Baliqchilik
2. Chorvachilik
3. Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik (barcha modullar bo'yicha)
Termiz maktabi
1. Chorvachilik
2. Bog'dorchilik
3. Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik (barcha modullar bo'yicha)
Samarqand maktabi
1. Chorvachilik
2. Uzumchilik
3. Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik (barcha modullar bo'yicha)

Maktablarning joylashuvi


Toshkent viloyati, Qibray tumani, Oybek mahallasi, Tajribakor ko‘chasi

Andijon viloyati, Andijon tumani, Oyjamol MFY, Oliygoh ko’chasi, 1-uy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, 26-mikrarayon P.Seyitov koʻchasi

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Yangiobod mahallasi

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbet qoʻrgʻoni, A.Temur koʻchasi 7-uy

Bizning afzalliklarimiz

Sohada yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilardan bilim olish imkoniyati
Sohada yuqori malakali, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilardan bilim olish imkoniyati
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning uyg‘unligi
Sohadagi yetakchi biznes egalari tomonidan master klasslar
Sohadagi yetakchi biznes egalari tomonidan master klasslar
Biznes hamkorlar tarmogʻingizni kengaytirish imkoniyati
Biznes hamkorlar tarmogʻingizni kengaytirish imkoniyati
Imtiyozli kredit olish huquqiga ega sertifikat
Imtiyozli kredit olish huquqiga ega sertifikat
Bularning barchasi bepul
Bularning barchasi bepul

Qabul jarayoni

Soʻrovnomalarni qabul qilish oʻqish boshlanishidan 1,5 oy oldin boshlanadi.
1
Soʻrovnomalarni qabul qilish oʻqish boshlanishidan 1,5 oy oldin boshlanadi.
Soʻrovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlarning birlamchi roʻyxati shakllantiriladi
2
Soʻrovnomalar Tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlarning birlamchi roʻyxati shakllantiriladi
Saralangan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilib, natijalari boʻyicha tinglovchilarning yakuniy roʻyxati shakllantiriladi va oʻqish boshlanadi
3
Saralangan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazilib, natijalari boʻyicha tinglovchilarning yakuniy roʻyxati shakllantiriladi va oʻqish boshlanadi

Hamkorlar

Oliy o‘quv yurtlari
Oliy o‘quv yurtlari
Ilmiy tadqiqot institutlari
Ilmiy tadqiqot institutlari
Yirik ishlab chiqaruvchilar
Yirik ishlab chiqaruvchilar
Klasterlar
Klasterlar
Sohada ko‘p yillik tajribaga ega dehqon va fermerlar
Sohada ko‘p yillik tajribaga ega dehqon va fermerlar