Agrobiotsenozda uchraydigan “lepidoptera” turkumining asosiy vakillarini

Agrobiotsenozda uchraydigan “lepidoptera” turkumining asosiy vakillarini

 O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik ekinlarini asosiy zararkunandalaridan hisoblangan Lepidoptera turkumiga mansub bo‘lgan zararkunandalarga qarshi kurash olib borilmaganda Respublikamizda yetishtirilayotgan g‘o‘za, sabzavot, don va dukkaklik ekinlarning o‘rtacha 40-45%gacha nobud bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda kemiruvchi zararkunanda hasharot turlaridan tangaqanotli (Leridoptera) turkumining tunlamlar, kuyalar va parvonalar oilasi vakillari ko‘plab uchrab, o‘simliklarga katta zarar yetkazadi.

Respublikamizning tabiiy-iqlim sharoiti ushbu zararkunandalarning  rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. V.V.Yaxontovning maʼlumotlariga ko‘ra, birgina g‘o‘zaga Lepidoptera turkumiga mansub bo‘lgan 200 dan ortiq turdagi  hasharotlar  zarar keltiradi, lekin ulardan 10 ga yaqini o‘ta havfli zararkunanda hisoblanadi.

Lepidoptera turkumining assosiy vakillariga kiradigan zararkunandalar  ularni qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarariga qarab aniqlandi. Jumladan, Lepidoptera turkumining tunlamlar, kuyalar, parvonalar oila vakillari dunyoda eng ko‘p tarqalgan tangaqanotlilar hisoblanadi.

Birgina Noctuidae oila vakillaridan kuzgi, yovvoyi, undov, qora-S tunlamlari sabzavot ekinlarida jiddiy zarar yetkazuvchi turlarga kiritilgan. Bundan tashqari parvonalar oilasiga mansub makkajo‘xori poya parvonasi (Ostrinia nubilalis Hb.) bo‘yicha ham olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Unga ko‘ra ushbu zararkunanda hammaxo‘r  bo‘lganligidan  makkajo‘xori,  kanop, kunjut, dag‘al kanop kabi ekinlarda kuchli zarar yetkazishi kuzatilgan.

Tunlam turlari g‘o‘za, makkajo‘xori, don va dukkakli ekinlar agrobiotsenozida rivojlanishi va ekinlarning zararlash darajasi ko‘p jihatdan ob-havo sharoiti va oziqa muhitining turiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlarni bajarish jarayonida qo‘llaniladigan asosiy usullar yordamida materiallar yig‘ish, Lepidoptera turkumining asosiy vakillarini va parazit entomofag turlarining xususiyatlarini o‘rganishda bu oila vakillarining ekologiyasini o‘rganishga oid kuzatuvlarni olib borishdan iborat bo‘ldi.

 Dukkakli ekinlarda uchraydigan Lepidoptera turkumning asosiy vakillarini hisobga olish.

Ertachi mosh agrobiotsenozida asosan Helicoverpa armigera.Hbn., Agrotis segetum Den.et Schiff, Agrotis exclamationis turlari ko‘p uchrashi aniqlandi, nisbatan kam  uchragan turi esa Heliothis virihlaca Hufn ekanligi maʼlum bo‘ldi.  

G‘o‘za agrobiotsenozida asosan ikki turdagi tunlam vakillari iqtisodiy xavf tug‘dirishi mumkin. Bular, Helicoverpa armigera Hbn va Agrotis segetum Den. ushbu zararkunandalarga o‘z vaqtida qarshi kurash olib borilmasa, g‘o‘za hosilini 40-45 % gacha nobud qilishi mumkin. Agrobiotsenozda Lepidoptera turkumining parazit entomofaglar munosabatlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular  parazit-xo‘jayin munosabatlarini bir maromida ushlab turishda alohida o‘rin tutadi. Atrof-muhit omillarining keskin o‘zgarishi natijasida ular o‘rtasidagi muvozanat buzilib, xo‘jayinni ommaviy ko‘payishiga olib keladi.

Professor Jumayev Rasul Axmatovich


21.10.2024 | 902