Agroo‘rmonchilik (Agroforestry)da Italiya davlati tajribasi

Agroo‘rmonchilik (Agroforestry)da Italiya davlati tajribasi

Agroo‘rmonchilik (Agroforestry) – Qishloq va o‘rmon xo‘jaligining uyg‘unlashuvi bo‘lib, bu yerdan foydalanishni boshqarishda daraxtlar yoki butalar atrofi, orasida qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘stirish, chorva, parranda boqish orqali mevalar, sabzavotlar, dori-darmon, yog‘och mahsulotlari va boshqalardan foydali va sotiladigan mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqarishdir. Agro o‘rmon xo‘jaligi ko‘plab afzalliklarga ega, masalan, asosiy oziq-ovqat ekinlaridan hosildorlikni oshirish, dehqonlarning daromadlarini oshirish, biologik xilma-xillikni saqlash va oshirish, tuproq strukturasi va unimdorligini yaxshilash, eroziya va uglerod ajratish xossasini kamaytirishlarni misol qilish mumkin.         Agroo‘rmonchilik va o‘rmon xo‘jaligining asosiy farqi. Agroo‘rmonchilik bu erdagi mavsumiy yoki bir yillik hosil bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan xosil olish fermerning asosiy maqsadi bo‘lib, dalada qilinadigan barcha tadbirlar ushbu hosilni yaxshilashga qaratilgan. Ushbu maydonga ekilgan daraxtlar esa qishloq xo‘jaligi ekiniga ekologik yordam beradi. Daraxtlarning o‘sishi feremer uchun ikkinchi darajali bo‘lib, daraxtdan olinadigan foyda qo‘shimcha hisoblanadi. O‘rmon xo‘jaligida daladagi asosiy ekin daraxt hisoblanadi va qilinadigan barcha tadbirlar ushbu ko‘p yillik ekindan yuqori xosil yoki yog‘och olish uchun bajariladi.

Italiyadagi agroo‘rmon xo‘jaligi:

1. Italiyadagi Silvopastoral agroo‘rmonchilik tizimlari.
Silvopastoral tizimlar chorvachilik fermalarida daraxtlarni birlashtirishni va o‘rmonlarda (masalan, o‘rmon yaylovlarida) va bog‘larda, xususan, zaytun bog‘larida chorva mollaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Silvopastoral agroo‘rmonchilik egallagan er maydonlari doimiy, yog‘ochbop, butazorlar va siyrak daraxtli yaylovlar bilan 1,3 mln ga tashkil etadi.

2. Italiyadagi zaytun agroo‘rmonchilik tizimlari.
Zaytun daraxti (Olea europaea L.) Italiyada 1,16 million ga maydonni egallagan eng ko‘p ekiladigan daraxt ekini hisoblanadi. U ayni paytda agroo‘rmon xo‘jaligi tizimlarida eng ko‘p etishtiriladigan daraxt ekinlari turi hisoblanadi.

3. Italiyada ekin erlarida agroo‘rmonchilik tizmlari.
Ushbu agroo‘rmonchilik tizimi ekin maydonlarida daraxtlarni ko‘paytrishni rag‘batlantiradi. Ana shunday amaliyotlardan biri Soltura promissua - Italiyada odatda daraxtlar, uzumlar va  ekinlarining birlashmasini ko‘rsatadigan keng tarqalgan atama. Soltura promissua bir sohadan bir nechta xizmatlarni ko‘rsatadigan mukammal ko‘p funktsiyali qishloq xo‘jaligi tizimi, ya’ni: oziq-ovqat (donlar, sharob va mevalar), ozuqa (pichan va daraxt emi), yoqilg‘i (yog‘och) va qurilish materiallari (yog‘och).

Agroo‘rmonchilikning afzalliklari

•  Agroo‘rmonchilik iqlim o‘zgarishini yumshatishga hissa qo‘shishi mumkin; an’anaviy qishloq xo‘jaligiga qaraganda ko‘proq biomassani o‘z ichiga olganligi sababli, u o‘simliklar va tuproqlarda ko‘proq uglerodni saqlashi mumkin. Tuproqqa ishlov berishdan qochib, tuproq eroziyasini va keyinchalik atmosferaga SO2 chiqishini oldini oladi.
•  Agroo‘rmonchilik iqlim o‘zgarishiga moslashishga hissa qo‘shishi mumkin: daraxtlar tomonidan tushadigan soya tuproqdagi suvni ushlab turish, haroratni pastroq saqlash va namlikni saqlash orqali mahalliy mikroiqlimni nazorat qilishda yordam beradi;
•  Agroo‘rmonchilik tizimlari juda mustahkam va ekstremal ob-havo hodisalariga bardosh bera oladi. U qushlarvahasharotlar uchun oziq-ovqat, boshpana va yashash muhitini ta’minlash orqali biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydi;
•  Bundan tashqari, hasharotlar populyatsiyasiga zarar yetkazadigan pestitsidlarni qo‘llash kamayadi yoki bekor qilinadi. Agroo‘rmon xo‘jaligi tizimi an’anaviy qishloq xo‘jaligiga qaraganda ko‘proq o‘simlik va hayvon turlarini o‘z ichiga olganligi sababli ular zararkunandalar va zararli begona o‘tlarga qarshi kurashda samaraliroqdir. Daraxtlar va o‘simliklar (o‘rmon soyaboni, ildizlari va barglari) tuproq eroziyasi sodir bo‘lishini oldini oladi.
•  Agroo‘rmon xo‘jaligi tuproq ustki qatlamini o‘z organizmlari (chuvalchanglar, hasharotlar) va ozuqa moddalari bilan saqlaydi va tiklaydi;
•  Tuproq suvning bug‘lanishidan saqlaydigan va tuproqda yashovchi organizmlarni oziqlantiradigan chirindi qatlami (barglar, kesilgan novdalar va boshqalar) bilan himoyalangan. Ekinlar daraxtlarni ildizlarini tuproqqa chuqurroq yuborish uchun itarib yuborishi, ozuqa moddalarining aylanishini va yomg‘ir suvini saqlash va ushlab turishni yaxshilashi mumkin.
•  Agroo‘rmon xo‘jaligi tizimlari qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishga olib kelishi mumkin, chunki daraxt va ekin tizimlarining kombinatsiyasi ajratilgan daraxt yoki ekin tizimlariga qaraganda quyosh radiatsiyasi yoki suv kabi resurslarni samaraliroq qo‘lga kiritishga olib kelishi mumkin.
•  O‘g‘itlar yok ipestitsidlar kabi tashqi vositalarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, chunki tuproq unumdorligi yaxshilanadi va zararkunandalarga qarshitabiiy ravishda kurashish mumkin.
•  Agroo‘rmonchilik kompleks tarzda olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilishni ta’minlashi mumkin, bu ko‘p mahsulotdan yillik va davriy daromadlarni ta’minlash orqali iqtisodiy foydani oshirishi mumkin; shuningdek, bitta tovarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xavflarni kamaytiradi.
•  Mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish mahalliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish, jumladan, ish o‘rinlari yaratish orqali butun qishloq jamoatchiligiga foyda keltirishi mumkin.
•  Agroforestry ov, baliq ovlash, ot minish, tog‘da sayr qilish, yovvoyi tabiatni kuzatish va qishloq turizmi kabi ko‘ngilochar imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin, bu esa keng jamoatchilikka foyda keltiradi va yer egalariga daromadlarni diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Shuningdek, u landshaftning xilma-xilligi va jozibadorligini oshiradi, unga ko‘proq vizual ta’sir ko‘rsatadi monokulturalardan ko‘ra odamlarni jalb qiladi.

 

Maqola muallifi
Shavkat Xoldorov
Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti
ilmiy izlanuvchisi
(Maqolani yuklab olish)


14.02.2023 | 3229