Jo‘jalarning bir-birini cho‘qib qo‘yishi (Kannibalizm)

Jo‘jalarning bir-birini cho‘qib qo‘yishi (Kannibalizm)

Jo‘jalarning bir-birini cho‘qib qo‘yishi va kannibalizm – tashqi va ichki omillar taʼsirida qushning oziqlanish hatti-harakatlari o‘zgarishi, bu orqa, qorin tomoni, dum patlarni cho‘qib, uzib olish, teri va ichki organlarni shikastlash shaklida namoyon bo‘ladi.

Jo‘jalarning bir-birini cho‘qib qo‘yishi va kannibalizm sabablari quyidagilar:

-      Haddan tashqari zich (meʼyordan 20%ga ko‘proq) joylashtirilishi, oziqlanish va suv ichish uchun oxurlar old qismidan yetishmasligi;

-      Jamoadagi o‘zgarishlar (galasidagi iyerarxiyaning buzilishi);

-      Mikroiqlimning buzilishi (yorug‘lik 25 lyuksdan ortiq, namlik 45%dan kam, gaz va chang);

-      Oziqlantirishning buzilishi (ratsionning keskin o‘zgarishi, ozuqa tarkibida oqsillar, aminokislotalar (metionin), natriy, xlor, kaliy kabi minerallar yetishmasligi, ozuqaning yuqori kukunliligi yoki mayda unsimonligi va toksikligi).

Kannibalizmning oldini olish va davolash quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:

-      Sabablarni bartaraf etish;

-      Cho‘qish belgilari bo‘lgan jo‘jalarni galadan olib tashlash;

-      Zararlangan joylarni antiseptiklar bilan davolash;

-      5-10 kun davomida 1 tonna yemga 400-700 g metionin, 1 tonna suv uchun 0,5 kg osh tuzi (NaCl) qo‘shib berish.


17.09.2024 | 962