Olma daraxtlarida hosilni siyraklatish (toqalash) va meva rivoji

Olma daraxtlarida hosilni siyraklatish (toqalash) va meva  rivoji

Fotosintez yetarlicha ozuqalar yetkazib bera olmasligi natijasida daraxtdagi g‘o‘ralar (hali pishmagan mevalar) to‘kila boshlaydi. Meva rivoji muntazam ozuqalar ta’minotiga bog‘liq. Tugiladigan mevalar sonini kamaytirish gullash davridan keyingi dastlabki haftalarda bir necha kun davomida daraxt yuqori qismiga quyosh nurlarini tushirmaslik orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Meva rivoji ikki omilga bog‘liq: uning tarkibidagi hujayralar soni va shu hujayralarning hajmiga. Hujayralar yiriklashishni boshlamasdan turib, ularning bo‘linish jarayoni tugallanadi. Olma g‘o‘ralaridagi hujayralar bo‘linishi meva tugilgandan so‘ng dastlabki 35–45 kun davomida uning tarkibida amalga oshadigan eng asosiy jarayon. Misol uchun, gullash 20 aprelgacha tugallansa, hujayralar bo‘linishi 25 may va 10 iyun oralig‘ida yakuniga yetadi. Bu davrda mevalar sonini kamaytirish daraxt umumiy hosilining sifati va kelasi yilda ham yuqori hosil olish uchun muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

 

 

               

 

 

Hosilni siyraklatish (taqalash)

 

Hosilni ertaroq siyraklatish hujayralar bo‘linishi va kengayishini avj oldiradi. Bu holat ko‘p hosil soladigan navlarda, ayniqsa, yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Tasavvur qiling, olma shoxida 10 ta gul bor. Ushbu 10 ta gulga faqat 10000 ta hujayra bo‘linishi uchun yetarli barg va undan keladigan ozuqa mavjud.

Agar olmalarni siyraklatmasak, 10 ta gulda hosil bo‘ladigan 10 ta mevaga 1 000 donadan hujayra to‘g‘ri keladi. Agar mevalar sonini 5 taga siyraklatsak, har bir olmada 2000 dona hujayra paydo bo‘ladi. Mevadagi hujayra soni mevalarning yirikligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Hujayralar bo‘linishi tugagandan so‘ng hujayralar suv bilan to‘la boshlaydi. Hujayra mevada qancha ko‘p bo‘lsa, olma mevasining hajmi shuncha katta bo‘ladi

    Maqola muallifi
      Nomozov Ixtior

Fermerlarmaktabi Toshkent hududiymarkazi

“Bog’dorchilik” moduli o’qituvchisi

(Maqolani yuklab olish)

 


02.11.2023 | 767