O‘zbekiston iqlim sharoitida ertangi mavsum uchun qizil boshli karamning maqbul nav-namunalarini tanlash

O‘zbekiston iqlim sharoitida ertangi mavsum uchun qizil boshli karamning maqbul nav-namunalarini tanlash

So‘nggi yillarda rivojlangan davlatlar va mamlakatimizda aholining sog‘lom ovqatlanish tartibiga o‘tqazish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.10.2019 yildagiu PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi” ni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan bo‘lib, sog‘lom ovqatlanish tarzi uchun inson kunlik iste’mol mahsulotlarining asosiy qismi meva-sabzavotlardan tashkil topishi zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Afsuski, yurtimizda sabzavot ekinlarining assortimenti cheklanganligi va dunyoda mavjud 1 200 tur sabzavotdan atigi 50 ga yaqin sabzavot ekin turlari ochiq hamda yopiq inshootlarda yetishtirilishi ma’lum.
Respublikamizda noan’anaviy sabzavot ekini bo‘lgan qizil boshli karam tarkibida ko‘plab biologik faol moddalar saqlashi, hosildorligi va uni uzoq saqlash imkoniyati mavjudligi, turli iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi kabi foydali ho‘jalik belgilari sababli dehqonlarimiz orasida ushbu o‘simlik turiga e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, xalqimiz boshidan o‘tkazgan COVID-19 pandemiyasi davrida barcha tibbiyot muassasalarida bemorlarning immun tizimini tiklash va regeneratsiya jarayonini tezlashtirish uchun salat sifatida tavsiya etilgan. Ayni paytda ko‘plab ovqatlanish maskanlarida ishtaha ochuvchi salat sifatida taklif etilmoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda urug‘lik mahsulotlari savdo markazlarida, bozorlarida eng mashhur bo‘lgan qizil boshli karamning Primero F1, Red Dynasty F1, Ranchero F1, Omero F1 va Super Red F1 kabi duragaylariga ishlab chiqaruvchilar tomonidan talab ortib bormoqda.
Ammo ertangi mavsumda qizil boshli karam duragaylarini yetishtirishda namunalarning biologik va xo‘jalik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Karam nav-namunalarining vegitatsiya davri, haroratga va namlikka bo‘lgan talabi, karam poyasining hajmi kabi belgilarini hisobga olish yuqori samaradorlik garovi hisoblanadi.
2017-2019 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyati, Qibray tumanida ertangi mavsumda konkurs nav sinovlari bo‘yicha qizil boshli karamning umumiy hamda tovarbop hosildorligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan.

2017-2019 yillarda qizil boshli karamning ertangi mavsumda nav sinovlari bo‘yicha olingan natijalar


Tadqiqotlar natijasi asosida quyidagi xulosalar olingan:

  1. Hosildorligi bo‘yicha yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan qizil boshli karam duragayi sifatida - Ranchero F1
  2. Eng erta hosil beruvchi duragay sifatida Omero F1 (tez etilishi sababli yuqori narxga baholanishi kuzatilgan) duragayi ajratib olindi;
  3. Qizil boshli karamning Red Dynasty F1 va Super Red F1 duragaylari ertangi mavsum uchun iqtisodiy samaradorligi qolgan namunalardan nisbatan past deb hisoblangan.

 

Maqola muallifi
B.A.Rustamov
Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
(Maqolani yuklab olish)


11.01.2023 | 3316