Oziqlantirish turlarining asalari oilasi mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati

Oziqlantirish turlarining asalari oilasi  mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati

Kaxramanov Boymaxmat Abduazizovich - Umumiy Zootexniya va Veterinariya kafedrasi dotsenti

Annotatsiya: Asalarilarning instinktini shartli va shartsiz reflekslar erta sahardan to kechgacha uylaridan   uchib   chiqib   arixonada    joylashgan    hudud    atrofida    o’sadigan    gullab sharbat beradigan o’simliklarni qidirib, ular ajratgan shirin sharbatni uyalariga olib keladilar. Kuchli ari oilalari arixona atrofida o’sadigan sersharbat o’simliklar ko’p bo’lganda, ular uylarida ko’p asal to’plashga ulguradilar. Ammo ayrim hududlarda sersharbat o’simliklar o’smasligi mumkin. Shuning uchun ularga qo’shimcha oziqa berish kerak. Qo’shimcha oziqa berishning asosiy maqsadi asalari oilalarini kuchli qilish, rivojlantirish, sifatli va ko’proq mahsulotlar olish va o’simliklarni changlatish.
Kalit so’zi: Asalari, oziqa, qo’shimcha oziqa turlari, polen va stimovit qo’shimcha oziqalar, oilaning qo’shimcha oziqaga moslashishi, mahsuldorlik.

KIRISH
Asalarilar uchun asal va perga tabiiy oziqa hisoblanadi. Asalarilar bundan tashqari osh tuzi va suvga ham muhtoj bo’ladi. Asal asosan asalari tanasidagi issiqlik va harakat energiyasini ( qisman bu energiya gulchang tarkibidagi moylar hisobiga ham hosil bo’ladi) hosil qilinishiga                               sarflanadigan uglevod oziqadir. Perga yosh asalarilarning o’sishi va naslni oziqlantirish uchun kerak bo’lgan oqsildir. Ilg’or asalarichilar asalarilarni asal va perga bilan ko’proq ta’minlashga harakat qiladilar. Asalarilar oziqani sarflab yuborishidan qo’rqish kerak emas, chunki ozuqa qancha  ko’p bo’lmasin ular ortiqcha sarflamaydi. Ochiq nasl paydo bo’lganidan keyin asalarilar ko’p  miqdorda perga iste’mol qiladi, chunki gipofaringeal bezlar, yog’li tana va tuxumdonlar kuchli rivojlana boshlaydi. Mavsumning faol davrida asalarilar har 4-5 kg asal ishlab chiqarishi uchun o’rta hisobda 1 kggacha gulchang iste’mol qiladilar. Har xil o’simliklarning gulchangi o’zining ximyaviy tarkibi bilan farq qiladi. Gulchangning sifatiga qarab asalari oilalari kuchli yoki kuchsiz rivojlanadi.
Mart-aprel oylarida gulchang beradigan o’simliklar yetarli bo’ladi, lekin ayrim yillarda, sovuq  bo’lishi natijasida gulchang yaxlaydi va uning sifati pasayadi, bu esa asalarilar yetishtiradigan                naslning miqdoriga salbiy ta’sir   etadi. Bahorning   issiq   kunlari   kirishi   bilan va aprelning oxirigacha asalarilarning jadal rivojlanish davri boshlanadi, keyinchalik efemerlar            va mevali daraxtlarning gullab bo’lishi bilan asal yig’ilmaydigan vaqt bo’lib, u ba’zan iyulgacha            cho’ziladi. Paxta, kungaboqar va poliz o’simliklarining gullab tugashi bilan asalarilar uyadagi oziqani sarflaydigan vaqt keladi. O’simlik gulchangi tugagandan so’ng asalarichilar ular o’rnini bosadigan oziqalar izlaydilar, chunki shakar kabi qo’shimcha oziqalar sof holda ko’ngildagi samarani bermaydi.

Quyida biz tabiiy oziqa (gulchang)ning yo’qligida uning o’rniga asalarilarni boqish uchun ishlatiladigan oziqlarni izlash va uni qo’llash natijalari bilan tanishtiramiz. Yu.A.Subbotin bahor-yozgi mavsumda rag’batlantiruvchi qo’shimcha oziqalarini sinab ko’rgan vaqtda tajribadagi asalarilardan qo’shimcha oziq olmagan nazoratdagi oilalarga nisbatan ancha yuqori mahsuldorligi (35%ga) yuqori bulgan. V.Ya.Bratov non achitqisi o’rniga pivo achitqisi bilan qo’shimcha oziqlantirishni tavsiya qiladi. Gulchang va uning o’rniga ishlatiladigan oziqlarni o’rganishda eng to’liq  tekshirishlar S.A.Stroykov tomonidan o’tkazilgan. U o’zlashtirilishi jihatidan perga va asalari oyog’iga ishlab kelingan gulchang bir xil ekanligini aniqladi. Asalari oyoqdagi gulchangni lichinkalar yaxshi hazm qilish uchun shakar qo’shadilar. Lichinkalar yangi pergani yoki oyoqdagi gulchangni yegan vaqtda 17-27% o’zlashtirilmagan qoldiqlar qoladi. Perga yil mobaynida mum inlarida 16 C haroratda saqlanganda sut kislotasi  hosil qiladigan bakteriyalar ta’sirida uning o’zlashtirilishi 2-3%ga oshadi. Asalari yig’gan gulchang quritilib maxsus moslamalarda saqlanadi. Quruq holda gulchang uzoq vaqt mobaynida aynimaydi, lekin o’zlashtirilishi 3-5 % ga pasayadi.

N.E.Laduxin 1 litr yog’i olingan sutga eritilgan 1 kg shakar eritmasini tunda har bir asalari oilasiga 300 gramdan berilsa ularning pushtdorligi oshadi. Ko’pchilik asalarichilar 0,4 litr sut qaynab turgan vaqtida 600 gramm shakar yoki 150 gramm sut va 650 gramm shakarni 1 litr suvga eritib berishni tavsiya qiladilar.

I.A.Melnichuk asalari qishlovi uchun 78 % shakar, 18 % suv va 7,4 % gul nektaridan tuzilgan aralshmani berishni tavsiya etadi. Aralashma 35-40 C temperaturada 10-12 sutka ushlab turiladi, uni har kuni ikki marta aralshtirib turish kerak.

X.Keyl bahorgi oziqlantirish uchun 90 kg shakar, 13,5 kg asal, 9,5 litr suv, 0,28 litr sirkadan tayyorlangan sharbatni va sulfatiozoldan choy qoshiqning ¼ miqdorida 3,8 litr oziqaga qoshishni tavsiya etadi. Aralashmani ikki qavat devorli avtoklavda 116 C haroratgacha isitib ikki soat shu temperaturada ushlab turiladi. Soviganidan keyin 3 kg oziqa sig’adigan oxurga quyiladi. K.L.Speoru aytishicha, gulchang o’rnini bosadigan oziqlar asalari hayotining davomiyligiga va uning fiziologik holatiga salbiy tasir etadi.

Hozirgi kunda jahon tajribasida asalari oilalarini qishlovdan betalofat o’tkazish, baxor mavsumida   oilalarni   jadal   rivojlantirish, o’sish  va  rivojlantirishni motadilligini ta’minlash maqsadida asalari oilalariga qo’shimcha oziqa berish kerak. Qo’shimcha oziqaning tarkibida (shakar sharbati, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar, fermentlar, yog’lar, makro va mikro elementlar, mineral oziqalar, biostimulyatorlar karbol kislotalar) va boshqa oziqaviy qo’shimcha ozuqa bilan oziqlantirish lozim.

Polen qo’shimchasi. Polen o’rnini bosuvchi ozuqa retsepti  (1 kg uchun).

226 gr yog’siz soya uni 340 gr donador shakar 28 gr pivo xamirturishi 340 gr shakar sharbati (2:1) quruq ingrediyentlar aralashtiriladi. Keyin quruq aralashmani asta-sekin sharbatga qo’shiladi, shunda aralashma quyuq non xamiriga o’xshaydi. Mum parda orasiga bosib va ishlatilgunga qadar muzlatib qo’yiladi. Bu mog’orlanishidan saqlaydi.

Stimovit qo’shimcha. Oziqani tayyorlash uchun iliq 35-40 gradusli (1:1) nisbatda tayyorlangan  4 letr shakar sharbatiga 40 gr stimovit parashogi qo’shilib tayyorlanadi. Tayyorlangan oziqa bahor mavsumida (mart-aprel) va kuz mavsumida (sentabr-oktabr) oylarida har bir asalari oilasiga 300-350 gramdan romlarning yuqori qismidagi oziqlantirish oxirchasiga quyiladi. Kuniga 2-3 mahaldan har 2-3 kun oralig’ida ushbu qo’shimcha oziqa beriladi.

Shunday qilib, qo’shimcha oziqani qulchang o’rniga berish mumkin, chunki u tez o’sadi, tashqi sharoitning o’zgarishlariga moslasha oladi, hujayralarida oqsil yig’adi, tirik organizimlar uchun zararli bo’lgan qo’shimchalarni hosil qilmaydi. Qo’shimcha oziqa parranda va chorva mollarini semirtirish, yani bo’rdoqi qilish uchun ham beriladi. Shuningdek, kuzda oziqlarni shiradan va paxtadan olingan asal bilan teng yarmiga almashtirish kerak. Bahorda o’simliklar gullagan paytda shakar bilan qo’shimcha oziqlantirish asalari oilalarining rivojlanishiga ijobiy  ta’sir etadi. Shuningdek,   asalari   oilalariga   qo’shimcha   oziqa   berilishi   hisobiga oilaning rivojlanishi, paket, ona asalari va ko’proq asalari mahsulotlarini olishga zamin yratadi.

Maqola muallifi
Kaxramanov Boymaxmat Abduazizovich
   Fermerlar maktabi Toshkent hududiy markazi
“ Asalarichilik” moduli o‘qituvchisi

(Maqolani yuklab olish)

 


23.11.2023 | 873