Shirin qalampir ko‘chatlarini eng qulay ekish oraliqlarini issiqxonalarda aniqlash

Shirin qalampir ko‘chatlarini eng qulay ekish oraliqlarini issiqxonalarda aniqlash

Issiqxonalarda sabzavotlarni turlarini yetishtirishni ko‘paytirish, ularni sifatini yaxshilish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Issiqxonalarning maydonlarini ortishi, bozor iqtisodiyoti sharoitlari, sabzavotlar turlarini ko‘paytirishga turtki bo‘lmoqda. Shirin  qalampir inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlarga boy qimmatli sabzavotlardan hisoblanadi. Ushbu sabzavot turiga aholining talabi yilning hamma fasllarida ortib bormoqda. Biroq, issiqxonalarda chuchuk qalampirni yetishtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyanomalar yetarli bo‘lmaganligi uchun olinayotgan hosil va daromad shaxsiy tamorqa fermer xo‘jaliklarini talablarini qoniqtirmayapti.

O‘zining shifobaxshlik xususiyatiga ko‘ra, shirin  qalampir yer yuzining ko‘pgina mintaqalarida mavsumdan tashqari vaqtlarda issiqxonalarda yetishtirilmoqda.jumladan, Nedirlandiyada ushbu ekin hozirda 360 ga, Italiyada 2400 ga, Chexiyada 100 ga plyonkali hamda oynavand issiqxonalarda yetishtirilmoqda.

Issiqxonalarda shirin qalampirning joylashtirish qalinliklari bo‘yicha ko‘pgina tadqiqotchilar o‘z fikrlarini bildirishgan. A.L.Nosova Moskva viloyatida joylashgan issiqxonalarda o‘tkazgan tajriba natijalariga ko‘ra, o‘simliklarni 80+40×25 sm oraliqlarda joylashtirish yuqori hosil berganligini ta’kidlaydi. G‘arbiy Sibirda o‘tkazilgan tajribalarda esa M.A.Varonina, M.V.Loskutov o‘simliklarni 90+50×30 sm oraliqlarda joylashtirilganda yuqori hosil olinishini xabar qiladi.
Yuqoridagi adabiyotlar sharhidan ko‘rinadiki, ko‘chatlarni joylashtirish qalinliklari bo‘yicha olimlarning fikrlari turlichadir. Shunga ko‘ra o‘simliklarning joylashtirish qalinligi har bir mintaqalar uchun tajriba natijasida belgilanishi lozim.
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib biz qishki issiqxonalarda shirin qalampirni ekish oraliqlari ularning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha dala tajribalarini o‘tkazdik. Tajribalar Toshkent Davlat agrar universiteti O‘quv tajriba xo‘jaligi issiqxonalarida olib borildi. Shirin qalampirning 60 kunlik ko‘chatlarini turli oraliqlarda ekildi va natijalar shuni kursatdiki kuchat oralig’i qancha uzoq bo’lsa kasallika chalinishi kam bulishi isbotlandi. Xashoratlardan oq – qanot va minyur pashshasi kup zararlashi isbotlandi.

Jadval.1.
Issiqxonalarda shirin qalampirni joylashtirish qalinliklari.

Ekish oraliqlari, sm

1 m2 dagi ko‘chatlar soni, dona

1 tup o‘simlikning oziqlanish maydoni

70x20

7,1

0,14

70x30

4,1

0,21

70x40

3,5

0,28

70x50

2,8

0,35

Fenologik kuzatishlarda ko‘chatlarning qalinliklari ekinlarning o‘sishi va rivojlanish bosqichlarining o‘tashiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi aniqlandi. Qiyg‘os gullash (70×50 sm) oraliqlarida joylashtirilgan o‘simliklarda 86-88 kunda zich joylashtirilgan (70×20 sm) maydonlarda esa 72-82 kunda sodir bo‘ldi.
Hosil tugish davrida o‘tkazilgan biometrik kuzatishlar siyrak joylashtirilgan (70×50 sm) o‘simliklar zich ekilgan (70×20 sm) o‘simliklarga nisbatan 14-16 donaga ortiq barg hosil qilishligi aniqlandi.

 

Jadval.2.
Turli ekish oraliqlarida joylashtirilgan chuchuk qalampirning hosildorligi.

 

Ekish oraliqlari

 

Hosildorlik kg/m2

 

Ertangi hosil 10.V-20.V

Hosilga tovarbop mahsulot miqdori, %

70x20

9,6

1,6

89,0

70x30

8,7

1,2

93,6

70x40

7,6

1,0

94,0

70x50

5,8

0,8

95,2

Eng yuqori erta va umumiy hosildorlik o‘simliklarni qalin joylashtirilgan maydonlardan, ya’ni taqqoslovchi usulga nisbatan (0,4-0,9 kg/m2) hosil olindi.
Ta’kidlash lozimki, o‘simliklar qalinliklarini ortishi 1 m2 dan ko‘chat sonini ortishi hisobiga erta va yuqori hosil berdi. Lekin sifatli mahsulot miqdori o‘simliklarni siyrak joylashtirilgan 70×50 sm sxemadagi maydonlardan olindi.

 

 

 

Maqola muallifi
Abdiyev Zafarali
Fermerlar maktabi Toshkent hududiy markazi
“Issiqxona xo’jaligi” moduli o’qituvchisi

(Maqolani yuklab olish)


23.08.2023 | 3190