Tomorqa va dehqon xo'jaligi ekinlarida uchraydigan o'simlik shira turlari

Tomorqa va dehqon xo'jaligi ekinlarida uchraydigan o'simlik shira turlari

Dunyoda 4700 ga yaqin shira turlari (Insecta: Homoptera: Aphididae) uchraydi. Xalq orasida o`simlik bitlari nomi bilan mashhur bo`lib, o`simliklarning floema suyuqligini so`ruvchi kichik o`lchamdagi (uzunligi 0,7 dan 7,0 mm gacha) hasharotlar guruhini tashkil qiladi.

 


Yer yuzida 1000 ga yaqin tur ekinlariga zarar yetkazadi. Litokoz partenogenetik (majburiy partenogenez, bunda ona avlodlari faqat urg`ochi avlodlarni tug`adi), nasl berish muddati qisqa, o`rtacha 10 kun.
Shiralarning ko`p turlari jinsiy va aseksual avlodlarning almashinishi va o`simliklarning o`zaro almashinishi bilan murakkab hayot sikllarini namoyish etadi.
Shira ekinlarning zararkunandasi bo`lsada, ular bir qator parazitoidlar, yirtqichlar va boshqa ko`plab hasharotlar, shuningdek qushlar uchun juda muhim oziq-ovqat manbaidir.
O`simlik bitlari O`zbekistonning tomorqa va dehqon xo`jaligi ekinlarida uchraydigan zararkunanda hisoblanadi. Ob-havo harorati ushbu zararkunanda uchun qulay kelgan yillari katta iqtisodiy zarar yetkazishi kuzatiladi.
Tomorqa xo`jaliklarida bir nechta turdagi o`simlik bitlari uchrab zarar yetkazadi. Jumladan, katta g`o`za biti (Acyrthosiphon gossypii Mordv.), olma yashil biti (Aphis pomi Deg.) va karam biti (Brevicoryne brassicae L.) turlari keng tarqaladi. Ushbu zararkunandalar dukkakli ekinlar, sabzavotlar va mevali daraxtlarni keng zararlaydi.

Maqola muallifi
Rasul Jumayev
Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor
(Maqolani yuklab olish
)


09.12.2022 | 2679