8-mavsum bitiruvchilariga omad!

8-mavsum bitiruvchilariga omad!

Bugun 8-mavsum tinglovchilari o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomladilar. Joriy yilning 22-noyabrida Fermerlar maktabi 8-mavsum o’quv jarayonlari boshlanib, bu mavsum oldingi mavsumlardan farqli o’laroq, o’qish formati 1 oylikka qisqargan va o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, tinglovchilarning vaqtlarini tejash va sohalar bo’yicha chuqurroq bilim berish maqsadida,  2 ta modul bo’yicha o’qish yo’lga qo’yilgan edi. Bitiruvchi tinglovchilar ushbu qisqa muddat ichida maktabning salohiyatli professor-o’qituvchilar tomonidan o’zlariga yetarli bilim va amaliy ko’nikmalarni olib o’z orzulari sari olg’a qadamlar qo'yib, maqsadlari tomon yo’l oldilar .

Barcha bitiruvchilarimizga Biznes rejalarida yoritgan biznes ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!



Bitiruv tadbiridan foto lavhalar!
 


24.12.2022 | 877