9-mavsum “Fermerlar maktabi” o’quv kursining barcha hududlarida amaliyot jarayonlari boshlandi

9-mavsum “Fermerlar maktabi” o’quv kursining barcha hududlarida amaliyot jarayonlari boshlandi

Amaliyot jarayonlari 2023 yil 15 fevral sanasida tasdiqlangan “Amaliyot dasturi”ga muvofiq, Respublikamizning qishloq хo’jaligi sohasida ko’zga ko’ringan yetakchi tashkilotlarida bo’lib o’tmoqda.

Toshkent “Fermerlar maktabi” tinglovchilari Chorvachilik yo’nalishi bo’yicha Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Saman-Samo” hamda “Azizjon” fermer xo’jaliklarida, o’zlariga biriktirilgan amaliyot rahbari (PhD) B.Shayusupov boshchiligida amaliyot o’tadilar.


Samarqand hududiy “Fermerlar maktabi” tinglovchilari amaliyotning 1-kunida amaliyot rahbari Sh.Amirov boshchiligida "Yangiobod sifatli korm" MCHJda korxona rahbari S.Abdullayev bilan birgalikda amaliyot jarayonlarini o’rgandilar.


Andijon hududiy “Fermerlar maktabi” tinglovchilari amaliyot rejasiga asosan chorvachilik bo’yicha biriktirilgan amaliyot o’qituvchisi F.Ismoilov rahbarligida "Baxt imkon rivoji" sutchilik fermasida amaliyot o’tadilar.


Termiz hududiy “Fermerlar maktabi” tinglovchilar Muzrabod tumanida joylashgan “Amirqul Bobo” fermer xo’jaligida, biriktirilgan amaliyot o’qituvchisi M.Tog’aymurodov boshchiligida amaliyot jarayonlarini o’tadilar.


Nukus hududiy “Fermerlar maktabi” tinglovchilari amaliyot rahbari G.Erejepova bilan birgalikda, rejaga asosan "Bioagroimpeks" MCHJda bosh agronom Tatyana Mixailovna hamkorligida o’z amaliyotlarini o’tadilar.


Amaliyot jarayonlarida barcha tinglovchilar veterinariya-sanitariya va texnika-havfsizlik qoidalariga amal qilgan holda bevosita Zootexnik bilan jonli suhbat va ish jarayonlarida ishtirok etib, nazariy olgan bilimlarini amaliyot jarayonida mustahkamlab, o`zlarini qiziqtirgan savollariga to’la javob oldilar.


20.02.2023 | 634