9-mavsum tinglovchilari amaliyot jarayonlarida

9-mavsum tinglovchilari amaliyot jarayonlarida

“Fermerlar maktabi” o’quv kursining 9-mavsum tinglovchilari uchun amaliyot jarayonlari 2023 yil 20 fevral sanasida boshlanib, tasdiqlangan “Amaliyot dasturi”ga muvofiq, Respublikamizning qishloq хo’jaligi sohasida ko’zga ko’ringan yetakchi tashkilot va fermer xo’jaliklarida bo’lib o’tmoqda.

Toshkent, Samarqand, Andijon, Termiz maktablarida 3 kun davom etgan Chorvachilik yo’nalishi bo’yicha amaliyot jarayonlari "O`znasilchilik" Davlat korxonasi, “Saman-Samo”, “Azizjon”, “Amirqul Bobo”, “Boysun chorvador” fermer xo’jaliklari, "Baxt imkon rivoji" sutchilik fermasi, "Yangiobod sifatli korm" MCHJda o’zlariga biriktirilgan amaliyot rahbarlari boshchiligida ish jarayonlarida jonli ishtirok etgan holda soha mutaxassislar bilan bevosita yaqindan ishlab, suhbatlashib jarayon bilan to’liq tanishdilar.

Ushbu modul doirasida chorva mollari zotlari, ularning o’sish va rivojlanishi, kundalik ozuqa mahsulotlari, nasildor buqalar hamda chorvachilik mahsulotlari, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi borasida oʻzlariga kerakli bo’lgan tajriba va koʻnikmalarga ega boʻldilar.

Nukus hududiy “Fermerlar maktabi” tinglovchilari rejaga ko’ra “Issiqxona xo’jaligi” moduli bo’yicha amaliyot rahbari G.Erejepova bilan birgalikda, "Bioagroimpeks" MCHJda bosh agronom Tatyana Mixailovna hamkorligida gidroponika, issiqxonadan yuqori hosil olish sirlarini amaliyot jarayonida o’rgandilar.

Bugun Toshkent, Andijon, Termiz hududiy maktablar tinglovchilari, biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan birgalikda rejaga muvofiq olgan nazariy bilimlarimi amaliyot jarayonlarida mustahkamlab bormoqdalar.


Toshkent hududiy maktabi “Furlaan ko’chatlari” issiqxona ho’jaligida


Andijon hududiy maktabi "Rash-milk" klasterida


Termiz hududiy maktabi "Omon o’g’li Iskandar” MCHJda


Nukus hududiy “Fermerlar maktabi” tinglovchilari rejaga muvofiq “Chorvachilik” moduli boʼyicha amaliyot rahbari bilan birgalikda, “Panaev Farm” fermer xo’jaligida amaliyot jarayonlarini oʼtamoqdalar.


23.02.2023 | 636