"AgroTransformatsiya" hamkorligidagi loyiha Navoiy viloyati bo’ylab davom etmoqda

"AgroTransformatsiya" hamkorligidagi loyiha Navoiy viloyati  bo’ylab davom etmoqda

Agro biznesda faoliyatingizni boshlamoqchimisiz? Biznes g'oyangizni hozirlab, seminar-treninglarga tashrif buyuring!
Keyingi manzilimiz Navoiy viloyatlari bo`lib, joriy yilning 23-25 yanvar sanalarida bo`lib o`tadi.
Habaringiz bor Respublika bo`ylab "Fermerlar maktabi","Yosh fermerlar Kengashi" va "Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlikda “Mahalladagi yoshlarning agrar sohadagi bilim va ko’nikmalarini oshirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda.
“Agro Transformatsiya" bu agrar sohada bugungi kundagi standartlarga xos uslublarni qo'llagan holda faoliyat yaratishga yo'ldosh bo'lish. Buning asosiy prinsipi Sizni kutishga emas, tashabbuskor bo'lishga, samaradorlikga va barqarorlikga chorlaydi.
Hamkorlikdagi seminar-treninglar Navoiy viloyatining 11ta tumanida bo`lishi kutilmoqda.
Bugungi manzilimiz Navoiy viloyati bo`lib, loyiha doirasida reja jadvaliga muvofiq Navoiy viloyati  Karmana tumani hokimligi majlislar zalida ochiq suhbatlar uchrashuviga start berildi.
Seminar-trening juda qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda boshlandi. Seminarda yoshlar bilan sohada trendda bo'lgan biznes g'oyalar mulohaza qilindi va o'rganildi. Shu bilan birga agro soha rivojiga o’z hissasini qo’shish, shu sohada o’z biznesini ochishga imkoniyatlari yo`q yoshlar uchun “Fermerlar maktabi” o’quv kurslarida o’qib bilim va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga zamin, imkoniyat mavjudligini angladilar. “Fermerlar maktabi” imkoniyatlar zamini ekanligini yanada isbotini topdi. Karmana tumanidagi ochiq uchrashuvdan so’ng, “Fermerlar maktabi” tomonidan seminarda faol ishtirok etgan yoshlarga “Fermer maktabi” MCHJ direktori hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “100ta kitob” to'plami va esdalik sovg'alari topshirildi.



23.01.2023 | 565