"AgroTransformatsiya" loyihasi bo‘yicha seminarlar bugun Surxondaryo viloyatida boshlanadi

"AgroTransformatsiya" loyihasi bo‘yicha seminarlar bugun Surxondaryo  viloyatida boshlanadi

4 kun davom etadigan seminar treninglar viloyatning barcha tumanlarini qamrab oladi. 
Salohiyatli yosh fermerlar faoliyatini ommalashtirish va yangi ish boshlash istagidagi yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, sohadagi muammolarga yechim topishni maqsad qilgan ushbu seminarlarda albatta ishtirok eting. 

Surxondaryo viloyatidagi bugungi seminarimiz Denov tumanida bo'lib o'tdi.
Seminar treningda Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlaridan sohaga qiziquvchilar qatnashishdi.
Fermerlar maktabi viloyat bosh menejeri Abdulla G'oyipov, Vesagro asoschisi O'rmonali Usmonov, Mevali kompaniyasi rahbari Mansur Rahimov yoshlarga kerakli bo'lgan bilim va ma'lumotlarni ulashdilar.
Seminarlar davom etadi. Ertangi manzil − Qumqo'rg'on tumani.


14.02.2023 | 531