"AgroTransformatsiya" loyihasi yetakchilari "Fermerlar maktabi" Samarqand hududiy maktabiga tashrifi

"AgroTransformatsiya" loyihasi yetakchilari "Fermerlar maktabi" Samarqand hududiy maktabiga tashrifi

"Fermerlar maktabi" va "Yosh fermerlar Kengashi" bilan hamkorlikda  "AgroTransformatsiya" loyihasi yuzasidan mamlakatimiz bo'ylab qishloq xoʻjaligining zamonaviy bilimlarini yetkazish bo'yicha ochiq suhbatlar uchrashuvi 2022 yil 19 dekabr sanasida Samarqand viloyatidan boshlangani hammamizga ma’lum.

Ushbu ochiq uchrashuvdan so’ng, "AgroTransformatsiya" loyihasi yetakchilari shu jumladan “VESAGRO” kompaniyasi asoschisi Usmanov Urmanali Mustafakulovich "Fermerlar maktabi" Samarqand hududiy maktabiga tashrif buyurib, maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar, o`quv rejaga asosan, qishloq xo’jaligi fanlari doktori Sobir Sanayevning - Uzumchilik moduli mahorat darslari jarayonida ishtirok etdilar va dars so’ngida tinglovchilar bilan qizg’in savol javobli muloqot o’rnatildi, jonli muloqot ancha qizg’in davom etdi.

"AgroTransformatsiya" loyihasi yetakchilari "Fermerlar maktabi"ning hududdiy markazlari faoliyatidan, tinglovchilarga bilim olishlari uchun barcha sharoyitlar  mavjudligidan mamnun bo’ldilar.


Uchrashuvdan foto lavhalar!


21.12.2022 | 577