Bizning o'qituvchilarimiz Amirov Shavkat Kuziboyevich

Bizning o'qituvchilarimiz Amirov Shavkat Kuziboyevich

Ko'pchilik Fermerlar maktabida qanday o'qituvchilar tinglovchilarga dars berishi bilan qiziqadi. Shunday ekan, keling, ular bilan tanishaylik!

Amirov Shavkat Kuziboyevich 

U 1993-yilda  institutni a'lo baholar bilan tugatdi va zooinjenerlik mutaxassisligini oldi. 2012-yilda O'zbekiston oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan unga dotsent diplomi berildi. 2017-2018-yillarda Sh.Amirov Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialida o'quv va ilmiy ishlari direktori bo'lib ishlagan. 2018-2022- yillarda Samarqand davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiya universitetining "xususiy zootexnika" kafedrasi mudiri bo'lib ishlagan. 

2011, 2012 va 2015- yillarda turli grantlar doirasida Hindiston, Germaniya va Isroil davlatlarida malaka oshirib, sertifikatlar bilan taqdirlangan.
2015-yilda birinchi marotaba joriy etilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining “Mutaxassisligi bo’yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi bo’lgan. 

Uning rahbarligida 2 ta fan nomzodi (PhD), 4 ta magistr va 150 dan ortiq talaba diplom ishlari amalga oshirilgan. 

2022-yildan buyon Samarqand viloyati Fermerlar maktabida Chorvachilik yo'nalishi bo'yicha o'z bilim va tajribasi bilan o'rtoqlashmoqda.


23.03.2023 | 1404