Bugun Fermerlar maktabining 9-mavsumi tinglovchilarining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Fermerlar maktabining 9-mavsumi tinglovchilarining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun 9-mavsum tinglovchilari o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomladilar. Joriy yilning 30-yanvar sanasida Fermerlar maktabi 9-mavsum o‘quv jarayonlari boshlanib, tinglovchilar 1 oy mobaynida “Chorvachilik”, “Issiqhona xo‘jaligi”, “Parrandachilik” hamda “Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik” yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni egalladilar.
Bitiruvchi tinglovchilar ushbu qisqa muddat ichida maktabning salohiyatli professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘zlariga kerakli bilim va amaliy ko‘nikmalarni olib, biznes loyiha ishlarini himoya qilishdi.
9-mavsum bitiruvchi tunglovchilari agro sohada bizneslarini boshlash uchun, mavjud kichik bizneslarini yanada rivojlantirish uchun ushbu o’quv jarayonida mustahkam poydevor qurdilar va orzulari sari olg‘a qadamlar qo‘yib, maqsadlari tomon yo‘l olmoqdalar.
Fermerlar maktabining barcha bitiruvchilariga, Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohalarini zamonaviy innovatsion yechimlar bilan rivojlantirishda, sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda va biznes loyihalarini amalga oshirishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!





04.03.2023 | 1490