“Fermer maktabi” MChJ o‘quv kurslari bitiruvchisi, Yosh innovator S. Rustamovaning ilmiy g‘oyalari

“Fermer maktabi” MChJ o‘quv kurslari bitiruvchisi, Yosh innovator  S. Rustamovaning ilmiy g‘oyalari

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 30-mart sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari tashrifi doirasida hududlar rivoji hamda aholi hayoti bilan yaqindan tanishib, katta qiziqish bilan xudud yoshlar bilan ham uchrashdi.
Ushbu yosh innovatorlar bilan uchrashuvda Nukus hududiy “Fermerlar maktabi”ning 2-mavsumi hamda “O‘simliklarni himoya qilish” 3 oylik o‘quv kurslari bitiruvchisi Sevara Rustamova ham o‘zining ilmiy ish bilan ishtirok etdi.
Muhtaram Prezidentimiz S.Rustamova bilan suhbat jarayonida ilmiy ishga katta qiziqish bildirib, uning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi va tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berdi.
S.Rustamova hozirda  Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi "Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i"ning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda va o‘zining ilmiy ish bo‘yicha bir qator izlanishlar olib bormoqda.

“Fermer maktabi” MChJ jamoasi S. Rustamovaning kelgusi ilmiy g‘oyalarini amalga oshirishda katta yutuqlar tilaydi.


01.04.2023 | 1496