“Fermer maktabi” MCHJ o’quv kurslari bitiruvchisi S.Rustamova USAIDning Qoraqalpog‘iston hunarmand ayollarining yangi kigiz mahsulotlari ko‘rgazmasini namoyishida ishtirok etmoqda

“Fermer maktabi” MCHJ o’quv kurslari bitiruvchisi S.Rustamova  USAIDning Qoraqalpog‘iston hunarmand ayollarining yangi kigiz mahsulotlari ko‘rgazmasini namoyishida ishtirok etmoqda

2022 yil 14-15-16 dekabr kunlari USAID ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jun mahsulotlaridan unumli va maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish, qoraqalpoq hunarmand ayollarini qo’llab quvvatlash va ish o’rinlarini yaratirish maqsadida ko’rgazma bo’lib o’tmoqda.
Qoraqalpog‘iston hunarmand ayollari o’z loyihalari yani qo’llari bilan ishlab chiqqan jun mahsulotidan tayyorlangan turli xil sifatli kigiz mahsulotlari, kigiz gilamlari, poyabzallari va qishloq sohasi uchun foydali bo‘lgan tabiiy tuvak va boshqa bezakli mahsulotlar bo‘yicha ko‘rgazmada ishtirok etishmoqda.
Ushbu ko‘rgazmada “FERMER MAKTABI” MChJning “Fermerlar maktabi” Nukus hududiy maktabi hamda “O‘simliklarni himoya qilish” Respublika  kesimidagi uch oylik o‘quv kurslarda tahsil olgan bitiruvchimiz Sevara Rustamova o‘zining loyihasi bilan ishtirok etayotgani quvonarli holdir.
S. Rustamova o’zinig loyihasida, ko'chat etishtirish uchun plastmassa tuvaklar o’rniga innovatsion echimini qidirib,  jun tabiiy mahsulotidan tuvak haltadan foydalanishni taklif etmoqda.
S. Rustamova o’z loyihasida – “Jun mahsulotidan unumli va samaraliy ishlata bilsak tabiatga, yerimizga va o'simlik olamiga foydali hisoblanib, jun tuvak haltalar tuproqda chirib, mineral o'gitga aylanishini jarayonini so’zlab berdi. Qish oylari soviq kelganda tuvak haltalardan o’simliklar ildizlarini qoplasak, issiqhonalardagi gaz iste’moli kamayishi, mamlakatimiz hududlaridagi issiqhonalar bo'ylab ushbu loyihani tadbiq qilsak juda yaxshi natijaga erishish, plasstmasa idishlarini qishloq ho’jaligi sohasida ishlatilishini qisqartirish, jun tuvakka ekilgan ko'chat 100% foyiz namlikni saqlagan holda havo aylanish jarayoni (tsirkulyatsiya) to’gri bo’lib sifatli ko’chatdan sifatli mahsulot olish mumkinligini aytib o’tdi.


15.12.2022 | 594