“Fermerlar maktabi” 4-mavsum bitiruvchimiz Dilnoza Yuldashevani “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni mukofoti bilan tabriklaymiz

“Fermerlar maktabi” 4-mavsum bitiruvchimiz  Dilnoza Yuldashevani “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni mukofoti bilan tabriklaymiz

 “Fermerlar maktabi” 4-mavsum bitiruvchi tinglovchisi Yuldasheva Dilnoza Abdujabbarovna o‘zining tirishqoqligi va o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati va yangiliklarga intiluvchanligi bilan o‘z tengdoshlaridan ajralib turadi.
Dilnoza Yuldasheva “Fermerlar maktabi” o‘quv kursida Parrandachilik, Issiqxona xo‘jaligi, Chorvachilik, Uzumchilik hamda Biznes, moliya va huquqiy savodxonlik modullari bo‘yicha tahsil olib, yangicha texnologiyalardan foydalanish, intensiv bog‘lar, gidroponika usulida issiqxonalar barpo etish va ko‘chatlarni sog‘lom yetishtirish kabi bilimlarni olib, qishloq xo‘jaligi sohasi rivoji yo‘lidagi to‘g‘ri biznes strategiya, oldindan tahlil qilish va yangiliklar sari qadamlarini tezlashtirib, yutuqlarga erishib kelmoqda.

O‘zbekiston Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining 2022 yil, 01 dekabr sanasidagi 22/11-sonli qaroriga binoan Yuldasheva Dilnoza Abdujabbarovna   “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
 Hozirgi kunda, “Eko dunyo” fermer xo‘jaligi rahbari Dilnoza Yuldasheva, o‘zining ko‘p yillik tajribasi hamda mehnat faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan Toshkent viloyati fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi ro‘yhatida turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga o‘zining agranomlik maslahatlarini berib kelmoqda.

    


20.12.2022 | 589