Fermerlar Maktabi 6-mavsum bitiruvchisi Charos Anvarbekova "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo'ldi

Fermerlar Maktabi 6-mavsum bitiruvchisi Charos Anvarbekova "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo'ldi

Charos qishloq xo'jaligi sohasida ta'lim oladi. U hozirda Toshkent davlat agrar universitetining 1-kurs magistiranti. Izlanuvchan tinglovchimiz qishloq xo'jaligi sohasini mamlakat iqtisodining ajralmas qismi deb biladi. 
U yoshligidan ta’limga katta qiziqish bildirgan. Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi. Shuningdek, Butunrossiya iste’dodlilar maqolalari tanlovida 1- o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Charos Anvarbekovaning kelgusida rejalari ko‘p. U o'z biznesini yo'lga qo'yishni rejalashtirgan. Ingliz tilini mukammal o‘rganishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kelajakda barcha maqsadlariga erishgandan so‘ng, xalq uchun beminnat xizmat qilishni niyat qilgan.

Biz unga ulkan omadlar tilaymiz!


09.03.2023 | 1516