Fermerlar maktabi 8-mavsum tinglovchilari amaliyot jarayonida!

Fermerlar maktabi 8-mavsum tinglovchilari amaliyot jarayonida!

Amaliyot – tinglovchilarning yakuniy biznes loyiha ishi obyekti sifatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga tegishli subyektlarida, xususan, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarda korxonalarda tinglovchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, qishloq xo‘jaligining tegishli sohasi bo‘yicha kelgusidagi mehnat faoliyati uchun foydali ko‘nikmalarni shakllantirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va boshqaruv masalalarini o‘rganish, biznes loyihasining tahliliy qismini tayyorlash uchun zaruriy materiallarni to‘plash jarayoni hisoblanadi.

  “Fermerlar maktabi”  oʼquv kursi 8-mavsum uchun tasdiqlangan oʼquv jarayoni jadvaliga asosan hududiy (Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukus) Fermerlar maktabi oʼquv kursi tinglovchilarini Chorvachilik, Parrandachilik, Issiqxona xoʼjaligi, Uzumchilik, Sabzavot va polizchilik hamda Bog`dorchilik modullari boʼyicha malakaviy amaliyotlarini hududlardagi yirik ishlab chiqarish: qishloq xoʼjaligi korxona, tashkilot, ilgʼor fermer xoʼjaliklari, naslchilik fermalari, parrandachilik fabrikalari, zamonaviy issiqxonalar hamda agroklasterlarda joriy yilning 12 dekabr sanasidan tashkil etildi.

 

Andijon Fermerlar maktabi
Bog’dorchilik moduli amaliyot jarayonlari
Andijon viloyati Xo’jaobod tumani “Navigul” Mas’uliyati cheklangan jamiyat

    

Nukus Fermerlar maktabi
Chorvachilik moduli amaliyot jarayonlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Qorao’zak tumani “Panayev farm” fermer xo’jaligi

    

Toshkent Fermerlar maktabi
Issiqxona xo’jaligi moduli amaliyot jarayonlari
Toshkent viloyati Toshkent tumani “Bahor gullari” Mas’uliyati cheklangan jamiyat

    

Termiz Fermerlar maktabi
Chorvachilik moduli amaliyot jarayonlari
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani “Amirqul bobo” Mas’uliyati cheklangan jamiyat

    

Samarqand Fermerlar maktabi
Uzumchilik moduli amaliyot jarayonlari
Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Charxin ilmiy tajriba stansiyasi

    


13.12.2022 | 723