Fermerlar maktabi 8-mavsum tinglovchilari yakuniy loyiha ishi himoyasiga start berildi!

Fermerlar maktabi 8-mavsum tinglovchilari yakuniy loyiha ishi himoyasiga start berildi!
“Fermerlar maktabi” o‘quv kursi 8-mavsum uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvaliga asosan hududiy (Toshkent,  Andijon,  Samarqand,  Termiz va Nukus) “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi tinglovchilari 5 (besh) hafta davomida  Chorvachilik,  Parrandachilik,  Issiqxona xo‘jaligi,  Uzumchilik,  Sabzavot va polizchilik hamda Bog‘dorchilik modullari bo‘yicha   bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
“Fermerlar maktabi” o‘quv kursini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda Maktab direktori tomonidan tasdiqlangan buyruqqa asosan 2022 yil 21-22 dekabr sanalarida barcha hududiy maktablarda yakuniy loyiha ishi himoyasi tasdiqlangan komissiya tarikibi asosida tashkil etildi. 
Yakuniy loyiha ishi himoyasida tinglovchilar o‘quv kursi davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari yordamida tanlagan moduli asosida biznes g‘oya mohiyatiga tegishli talablarga javob beradigan, tugallangan va mazmunan yaxlit biznes loyiha sifatida amaliy yangiligi (yechimlari) va tahliliy natijalari tizimli ravishda asoslab berilgan ishini tasdiqlangan komissiya a’zolariga  taqdimotlar ko‘rinishida himoya qilib beradi.
 
Komissiya tarkibi tomonidan tinglovchilar quyidagicha baholandilar:
  • yakuniy loyiha ishi mavzusining dolzarbligi, undagi masalalarning aniqligi hamda ularning mavzuga aloqadorligi;
  • yakuniy loyiha ishining yangilik darajasi va uning natijalarini mahalliy hududdagi ahamiyati;
  • yakuniy loyiha ishidagi moliyaviy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining to‘g‘ri hisoblanganligi;
  • yakuniy loyiha ishi mavzusini ochib berishda hamda undagi masalalarni hal qilishda tinglovchining mustaqil yondashuvi; 
  • yakuniy loyiha ishini yoritishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek chet tilidagi manbalarni tanqidiy tahlilining to‘liqligi va chuqurligi asosida baholandi.

Toshkent Fermerlar maktabi


 


Andijon Fermerlar maktabi


 


Samarqand Fermerlar maktabi


 


Termiz Fermerlar maktabi


 


Nukus Fermerlar maktabi


21.12.2022 | 638