Fermerlar maktabi Nukus filiali 2 nafar bitiruvchisining bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyatilari

Fermerlar maktabi Nukus filiali 2 nafar bitiruvchisining bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyatilari

Bitiruvchi: Jaloladdinov Zokir Bekbulsinovich

Yashash manzili: Xorazm viloyati Shovot tumani  Gulshan MFY

Hududiy markaz: Nukus

Tugatgan mavsum: 3-mavsum

Sertifikat turi: kumush

          Bitiruvchimiz Fermerlar maktabida olgan bilimlari va tayyorlagan biznes loyihasi doirasida ATB Agrobankdan 30 million so’m kredit va o’z hisobidan 170 million so’m mablag’ yo’naltirgan. U o‘zining ish faoliyatini o'zi rahbar hisoblangan “Bekbulsin mullo” oilaviy korxonasining 20 gektar maydonida uzum ko'chati yetishtirish  bo'yicha faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizni barcha hududlariga ko'chat yetkazib berib daromad olmoqda va viloyat bo'yicha eng yirik uzum ko`chati yetishtiruvchi korxona hisoblanadi.



Bitiruvchi: Shomuratov Sarvarbek  Otabekovich

Yashash manzili: Xorazm viloyati Xiva tumani  Shollokishi MFY

Hududiy markaz: Nukus

Tugatgan mavsum: 7-mavsum

Sertifikat turi: kumush

            Bitiruvchimiz Fermerlar maktabida olgan bilimlari va tayyorlagan biznes loyihasi doirasida o’z hisobidan 30  million so’m mablag’ yo’naltirgan holda o’z xonadonida issiqxona qurib, gulchilik yo'nalishida olib bormoqda. Bugungi kunda o`zini ish bilan band qilib daromad topmoqda.



07.02.2023 | 644