Fermerlar maktabi Nukus, Samarqand va Termiz filiallari bitiruvchilarining bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyatlari

Fermerlar maktabi Nukus, Samarqand va Termiz filiallari bitiruvchilarining bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyatlari

Nukus Fermerlar Maktabi

Bitiruvchi: Begjanov Mamurjon Abdurimovich

Yashash manzili: Xorazm Viloyati Urganch tumani  Goybu MFY

Hududiy markaz: Nukus

Tugatgan mavsum: 1-mavsum

Sertifikat turi: bronza

Bitiruvchimiz Fermerlar maktabida olgan bilimlari va tayyorlagan biznes loyihasi doirasida  o’z hisobidan  30 million so’m mablag’ yo’naltirib loyihani amalga oshirib o'z uyida issiqxonada ko’katlar  yetishtirishni yo’lga qo`ygan. Begjanov Mamurjon Abdurimovich tajribali tadbirkor bo‘lib issiqxonada yetishtirgan mahsulotlaridan yillik 35-40 mln. so`m daromad topishni ko’zlamoqda.


Bitiruvchi: Raximberganov Toxirjon Shonazar o`g`li

Yashash manzili: Xorazm Viloyati Urganch tumani  Chotkupir  MFY

Hududiy markaz: Nukus

Tugatgan mavsum: 3-mavsum

Sertifikat turi: kumush

Bitiruvchimiz Fermerlar maktabida olgan bilimlari va tayyorlagan biznes loyihasi doirasida  o’z hisobidan  200 mln. so`mlik loyihani amalga oshirib o`ziga tegishli xo’jalikda baliq boqishni yo’lga qo`ygan. Raximberganov Toxirjon Shonazar o`g`li tajribali tadbirkor bo‘lib yillik 50-60 mln. so`m daromad topishni ko’zlamoqda.


Samarqand Fermerlar Maktabi

Bitiruvchi: Toshpo'latov Sanjar Quvondiq o'g'li

Yashash manzili: Jizzax viloyati, Zafarobod tumani

Hududiy markaz: Samarqand

Tugatgan mavsum: 3-mavsum

Sertifikat turi: kumush

Bitiruvchimiz Toshpulatov Sanjar Bugungi kunda 8000ta go'sht yo'nalishidagi broyler jo'jalarini boqib kelmoqda. Bunda bankdan 30 mln so‘m va o‘z xisobidan 50 mln so‘m bilan loyiha amalga oshirgan.


Bitiruvchi: Xudoyberdiyev Javohir Fazliddin o'g'li

Yashash manzili: Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani Oltiqaxramon MFQ

Hududiy markaz: Samarqand

Tugatgan mavsum: 8-mavsum

Sertifikat turi: bronza

Bitiruvchimiz Xudoyberdiev Javoxir o‘z tamorqasida 30 sotix maydonga 3 yillik 400 tup limon ko'chatlar o‘tqazilgan. Issiqxona tashkil qilishda 2021 yil Agrobank Guzaokent filialidan (Chinnigul ona fayzi) OKga 245 mln. so‘m kredit va o‘z mablag‘idan 75 mln. so'm jami 320 mln so‘m mablag‘ sarflangan. Hozirgi kunda Fermerlar maktabida olgan bilimlaridan samarali foydalanib kelmoqda. Joriy 2023 yil bir tonnaga yaqin limon mevalarini yig‘ib olib 10 mln. so‘m atrofida daromad ko'rgan.


Bitiruvchi: Hasanov Utkir Alisherovich

Yashash manzili: Samarqand viloyati Tayloq tumani Yastepa MFY Baxmal ko'chasi

Hududiy markaz: Samarqand

Tugatgan mavsum: 8-mavsum

Sertifikat turi: kumush

Bitiruvchimiz Hasanov Utkir xonadonida o‘z hisobidan 2000 bosh tuxum yo'nalishidagi bedana boqib kelmoqda. Hozirgi kunda har kuniga o‘rtacha 1000tadan tuxum olmoqda.Tuxumlar donasini 350 so'mdan sotib oyiga 10 mln. so'mgacha daromad ko'rmoqda.


Bitiruvchi: Sharobov Eldor Kuliboyevich

Yashash manzili: Samarqand viloyati Jomboy tumani Juriyat MFY

Hududiy markaz: Samarqand

Tugatgan mavsum: 8-mavsum

Sertifikat turi: oltin

Bitiruvchimiz Sharobov Eldor o‘z mablag‘i hisobidan go'sht yo'nalishidagi 10 bosh mahalliy qora mol burdoqichilikka boqib kelmoqda. O‘zi yashab turgan MFYda go'sht do'koni tashkil qilib aholisini go'sht mahsulotlariga bo‘lgan ta’labini qondirib kelmoqda.


Termiz Fermerlar Maktabi

Bitiruvchi: Nuraliev Jamshid 

Yashash manzili: Surxondaryo viloyati,  Terrmiz tumani 

Hududiy markaz: Termiz

Tugatgan mavsum: 2-mavsum

Sertifikat turi: kumush

Bitiruvchimiz Nuraliev Jamshid Issiqxona xo'jaligi bo'yicha 6 sotixli issiqxona tashkil etgan, issiqxonada pomidor, bodiring yetishtirib kelmoqda yillik daromadi 100 mln. so'm.


Bitiruvchi: Yo`ldoshov To`lqin Mengliboy o`g`li

Yashash manzili: Surxondaryo viloyati, Qumqo`rg`on tumani

Hududiy markaz: Termiz

Tugatgan mavsum: 3-mavsum

Sertifikat turi: Kumush

Bitiruvchimiz Yo`ldoshov To`lqin o‘z mablagi hisobidan 15 sotix issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada 100000ta pomidor, 300000ta shirin qalampir, 50000ta bodring  ko'chat yetishtirib sotgan daromadlar 500 mln.dan ko'proq summani tashkil etgan. Ko'chatchilikdan bo'shagan yerlarga shirin qalampir yetishtiriladi va 200-250 mln. so'm qo'shimcha daromad olish rejalashtirilgan.


Bitiruvchi: Sattorov Botir Baxodir o'g'li

Yashash manzili: Surxondaryo viloyati  Sho'rchi tumani Elbayon MFY

Hududiy markaz: Termiz

Tugatgan mavsum: 7-mavsum

Sertifikat turi: Kumush

Bitiruvchimiz Sattorov Botir o'z mablagi hisobidan 6 sotix maydonga issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada pomidor, bodiring, shirin qalampir, pavloniya ko'chatlarini yetishtirib kelmoqda bu yilgi anomal sovuq bo'lishiga qaramasdan qaxramonimiz ko'chatchilik bo'yicha 12000ta pomidor, 15000ta bodring, 3000 tup pavloniya yetishtirib sotdi, daromadlari 100 mln. dan ko'proq summani tashkil etdi.


28.02.2023 | 754