Fermerlar maktabi o‘quv kursi 8-mavsumi tinglovchilarining malaka amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi

Fermerlar maktabi o‘quv kursi 8-mavsumi tinglovchilarining malaka amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi

“Fermerlar maktabi”  o‘quv kursi 8-mavsum uchun tasdiqlangan amaliyot rejasiga asosan 2022 yil 12-dekabr sanasidan 15-dekabr sanasiga qadar hududiy (Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukus) “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi tinglovchilari Chorvachilik, Parrandachilik, Issiqxona xo‘jaligi, Uzumchilik, Sabzavot va polizchilik hamda Bog‘dorchilik modullari bo‘yicha malakaviy amaliyotlarini hududlardagi yirik ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligi korxona, tashkilot, ilg‘or fermer xo‘jaliklari, naslchilik fermalari, parrandachilik fabrikalari, zamonaviy issiqxonalar hamda agroklasterlarda o‘tadilar.  Amaliyotda olgan bilim va tajribalarini baholash maqsadida joriy yilning 17 dekabr sanasida  barcha hududiy maktablarda ko‘taringi kayfiyatda Maktab direktori tomonidan tayinlangan Komissiya tarkibi asosida malakaviy amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tinglovchilar amaliyotda ko‘rgan va o‘rgangan obyektlarini hisobot shaklida taqdimotlar asosida komissiya tarkibiga himoya qilib berdilar.

Komissiya tarkibi tomonidan tinglovchilar quyidagicha baholandilar:

  • Amaliyotda qatnashganligi, amaliyot obyektining ichki qoidalariga rioya etganligi;
  • Hisobotning mazmun mohiyati va dastur asosida yozilganligi;
  • Amaliyot obyektini tadqiq etish holati, tashkilot faoliyati ko'rsatkichlarini o‘rganish va tahlili qilish darajasi;
  • Obyekt faoliyatini o‘rganish orqali ishlab chiqilgan xulosa va qaydlarning mavjudligi;
  • Amaliyot obyektlari faoliyatining to‘liq o‘rganganligi;
  • Obyektda olib borilgan kuzatuv natijalari tafsiloti;
  • Hisobot yuzasidan berilgan savollar asosida baholandi.

Toshkent Fermerlar maktabi

  
 


Andijon Fermerlar maktabi

  
 


Samarqand Fermerlar maktabi

 
 


Termiz Fermerlar maktabi

  
 


Nukus Fermerlar maktabi

  


17.12.2022 | 520