Fermerlar maktabi o‘quv kursi 9-mavsumi tinglovchilarining malaka amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi

Fermerlar maktabi o‘quv kursi 9-mavsumi tinglovchilarining malaka amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi

“Fermerlar maktabi”  o‘quv kursi 9-mavsum uchun tasdiqlangan amaliyot rejasiga asosan “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi tinglovchilari Chorvachilik,  Parrandachilik,  Issiqxona xo‘jaligi modullari bo‘yicha malakaviy amaliyotlarini hududlardagi yirik ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligi korxona,  tashkilot,  ilg‘or fermer xo‘jaliklari,  naslchilik fermalari,  parrandachilik fabrikalari,  zamonaviy issiqxonalarda o‘tadilar. Amaliyotda olgan bilim va tajribalarini baholash maqsadida joriy yilning 27 fevral sanasida  barcha hududiy maktablarda malakaviy amaliyot himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tinglovchilar amaliyot jarayonida o‘rgangan tajribalarini hisobot shaklida taqdimotlar asosida komissiya tarkibiga himoya qilib berdilar.
Komissiya tarkibi tomonidan tinglovchilar quyidagicha baholandilar;

 

  • Amaliyotda qatnashganligi, amaliyot obyektining ichki qoidalariga rioya etganligi;
  • Hisobotning mazmun mohiyati va dastur asosida yozilganligi;
  • Amaliyot obyektini tadqiq etish holati, tashkilot faoliyati ko'rsatkichlarini o‘rganish va tahlil qilish darajasi;
  • Obyekt faoliyatini o‘rganish orqali ishlab chiqilgan xulosa va qaydlarning mavjudligi;
  • Amaliyot obyektlari faoliyatining to‘liq o‘rganganligi;
  • Obyektda olib borilgan kuzatuv natijalari tafsiloti;
  • Hisobot yuzasidan berilgan savollar asosida baholandilar.



27.02.2023 | 596