Fermerlar maktabi Termiz hududiy markazi 8-mavsum o`quv kursi tinglovchilari Issiqxona xo’jaligi moduli bo`yicha amaliyot o`tamoqdalar

Fermerlar maktabi Termiz hududiy markazi 8-mavsum o`quv kursi tinglovchilari Issiqxona xo’jaligi moduli bo`yicha amaliyot o`tamoqdalar

Termiz Fermerlar maktabi hududiy markazi 8-mavsum tinglovchilari Issiqxona xo’jaligi moduli bo’yicha birinchi kun, “GOLD AGRO FRESH” MCHJ ning 100 gektarli issiqxona majmuasida amaliyot o’tashdi. Issiqxonaning eng tajribali agronomlaridan biri G’.Tadjiyev amaliyot jarayonini olib bordi. Hozirgi kunda ushbu issiqhonada o’z faoliyatini olib borayotgan Ukraina davlatining tajribali mutaxassisi Ulyana Mironovna tinglovchilarga issiqxonada sabzavotlar yetishtirish bo’yicha bir qancha muhim maslahatlar berdi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib, kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Ikkinchi kun, “DJURAYEV FRUITS” OOO issiqxona kompleksida amaliyot o’tashdilar. Tinglovchilarga professor Muzaffar Aramov hamda issiqxona mudiri Jurayev Abduxomit kerakli bo’lgan maslahat va ish jarayonida duch keladigan muammo hatar va uning yechimlari haqida batafsil tushuntirib berdilar.

Tinglovchilar issiqxonasida amaliyot o’taganlari uchun minnatdorchiliklar bildirishdi. 

“GOLD AGRO FRESH” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “DJURAYEV FRUITS” issiqxonalarida amaliyot o’tash jarayonlari juda qiziqarli va samarali bo’lib, bevosita issiqxonadagi ish jarayonlarida ishtirok etdilar kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

    


16.12.2022 | 612