Fermerlar maktabi Toshkent hududiy markazi 8-mavsum o`quv kursi tinglovchilari Parrandachilik moduli bo`yicha amaliyot o`tamoqdalar

Fermerlar maktabi Toshkent hududiy markazi 8-mavsum  o`quv kursi tinglovchilari Parrandachilik moduli bo`yicha amaliyot o`tamoqdalar

Fermerlar maktabi Toshkent hududiy markazi tinglovchilari amaliyot o’tash tartibi to’g’risidagi nizomga hamda tasdiqlangan amaliyot dasturiga  asosan Parrandachilik modulidan amaliyot o`tamoqdalar.
Dastur rejasiga muvofiq 2022 yil 14 dekabr sanasida “Azizxon” ma`suliyati cheklangan jamiyati hamda “To’lqin” YATT bedanachilik korxonasiga rejalashtirilgan bo’lib, bugun tinglovchilar “Azizxon”
ma`suliyati cheklangan jamiyatida
amaliyot o`tashmoqda.
 “Azizxon” ma`suliyati cheklangan jamiyatida tinglovchilar Parrandaxonaning texnika-havfsizligi hamda veterinariya-sanitariya qoidalari bilan tanishishdi. Shu bilan birga korxonadagi Zootexnik bilan ham jonli suhbat bo`lib o`tdi.

Bugungi amaliyotda tinglovchilar:
parrandalarni tanlash, saralash, jinsiga, yoshiga va mahsuldorlik yo’nalishiga qarab, parrandalarni guruhlarga ajratish;
fabrikaning mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi;
parrandalarni oziqlantirish, parvarishlash va saqlash sharoitlari;
broyler jo’jalar uchun oziqlantirish ratsionini tuzish;
tuxum va go’sht yo’nalishidagi parrandalar uchun ozuqa ratsionini tuzish;
broyler jo’jalarni oziqlantirish sexi bilan tanishish va ozuqalarning sifatini aniqlashda ishtirok etishdi.

    


15.12.2022 | 544