Fermerlar maktabida 9-mavsum uchun suhbat jarayonlari boshlandi!

Fermerlar maktabida 9-mavsum uchun suhbat jarayonlari boshlandi!

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasining eng muhim bo‘g‘inlari bo‘yicha chuqur bilim va tajribalarni o‘zida mujassamlashtirgan “Fermerlar maktabi” oʼquv kursiga 9-mavsum uchun suhbat jarayonlari boshlandi. 9-qabul mavsumini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Fermerlar maktabi” oʼquv kursiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʼgʼrisida”gi nizomga asosan, hududlar kesimida 1-bosqichdan saralangan jami  1 744 (bir ming etti yuz qiriq to`rt) nafar nomzodlar 2- bosqich (suhbat) bosqichiga o`tkazildi.

Nomzodlar bilan suhbat jarayonlari 2023 yil 17 yanvar sanasida 21 yanvar sanasiga qadar oʼtkazilishi belgilandi. Hududlarda maktab ichki tartib qoidalariga rioya qilgan holda “Fermerlar maktabi” oʼquv kursining to`qqizinchi qabul mavsumiga birinchi bosqichda saralangan nomzodlar bilan onlayn va oflayn tarzda hududiy suhbat komissiyalari joriy yilning 17 yanvar sanasidan o`z faoliyatini boshladi.


17.01.2023 | 790