Fermerlar maktabining 9-mavsum o‘quv kurslarining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Muhtaram Prezidentimizning 2023-yilni O‘zbekistonda "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili deb e'lon qilinganligi munosabati bilan, Fermerlar maktabi o’quv kursining 9-mavsumi joriy yilning 30 yanvar sanasida muhim yangiliklar bilan boshlandi.
Ushbu mavsum ochilish marosimiga Agrobank ATB rahbariyati, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Respublikamizning nufuzli oliygohlari professor-o’qituvchilari tashrif buyurib, kursga muvaffaqiyatli qabul qilingan tinglovchilarni qutladilar. Bu mavsum yangi formatda bo’lib bitiruvchilarga o’z bitiruv bizness loyiha ishlari bilan horijiy davlatlarda amaliyot o’tishlari, Raqamli iqtisodiyot va agrobiznes universitetiga imtiyozli ta’lim grand o’rinlari ajratilganligi, Agrobank ATB tomonidan kredit sohasida ham bir qancha imtiyozli imkoniyatlar berilishi aytib o’tildi.
9-mavsum tinglovchilariga yaratilgan bunday sharoit va imkoniyatlardan to’lqillangan hududiy maktab tinglovchilari birma bir so’zga chiqib, zamonaviy jihozlangan o’quv honalarida, oliy toifali soha mutahassislardan ta’lim olishlari, 1 oy davomida yaratilgan shart sharoitlar (yotoqhona, avtobus, o’quv qurol va maxsus ust bosh, ovqat hamda kofebreyk), horijiy davlatlarda amaliyot o’tash kabi imkoniyatlardan mukammal foydalanib, O’zbekistonning agro sohalari rivojiga o’z hissalarini qo’shishdek sharafli samimiy tilaklarini bildirdilar.
Bu mavsumda hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari, tinglovchilar va soha mutaxassislarining takliflari o’rganilgan holda, hududlar kesimida modullar tarkibi quyidagicha taqsimlandi.
9-mavsumda quyidagi modullar bo’yicha darslar olib boriladi:
Andijon
1. Chorvachilik
2. Issiqxona xo’jaligi
Nukus
1. Chorvachilik
2. Issiqxona xo’jaligi
Samarqand
1. Chorvachilik
2. Parrandachilik
Termiz
1. Chorvachilik
2. Issiqxona xo’jaligi
Toshkent
1. Issiqxona xo’jaligi
2. Chorvachilik
Foto lavhalar!
30.01.2023 | 878