«Intellektual oʼyin» final bosqichi g’oliblari

«Intellektual oʼyin» final bosqichi g’oliblari

“Fermerlar maktabi” 9-mavsum tinglovchilari oʼrtasida «Intellektual oʼyin» 2023 yil 7 fevral kuni start berilgani xammamizga maʼlumdir. Bugun, ushbu «Intellektual oʼyin»ning yakuniy final bosqichi Samarqand viloyatida boʼlib, oʼtdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi PQ-96-son “Zakovat” intellektual oʼyinini aholi oʼrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʼyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu «Intellektual oʼyin» “Fermerlar maktabi” oʼquv kursining barcha tinglovchilari oʼrtasida sogʼlom aqliy bellashuv, ularning dunyoqarashi, bilimlari, sohaviy koʼnikmalarini mustahkamlab borishdek, ezgu maqsadga qaratilgan.

Final bosqichida Samarqand hududiy maktabning “MUVAFFAQIYAT guruh tinglovchilari gʼalaba qozonib, tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
Gʼoliblarni samimiy muborakbod etib, ushbu «Intellektual oʼyin»da ishtirok etgan barcha jamoalariga qiziqarli oʼyin uchun oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz!


22.02.2023 | 526