Iqtidorli bitiruvchimiz yutuqlar muborak!

Iqtidorli bitiruvchimiz yutuqlar muborak!

“Fermer maktabi” MChJning “O’simliklar himoyasi” Respublika miqyosidagi 3 oylik o’quv kursi bitiruvchisi Xoldarov Muhammadali Xusnidin o‘g‘li  2022/2023 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri stipendiyasiga sazovor bo‘ldi!
Xoldarov Muhammadali hozirgi kunda Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti. U o’z ustida tinmay ishlaydigan, yangiliklarga intiluvchan xozirgi kundagi tashabbuskor yoshlar sarasiga kirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati «Kelajak liderlari» klubi a'zosi, “InnoWeek-2022” hududiy g’oyalar innovatsion ko’rgazmalar ishtirokchisi, yoshlar ittifoqi faoli bo‘lishi bilan bir qatorda turli ilmiy-tashkiliy tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Xoldarov Muhammadali “O’simliklarni himoya qilishda innovatsion SMART AGREGAT ning samaradorligi” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan izlanishlarni olib bormoqda. U turli Respublika va xalqaro miqyosda 20 dan ortiq ilmiy maqolalarini chop etgan.
Kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borayotgan izlanishlarida  bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etishini tilab qolamiz.


15.02.2023 | 547