Joriy mavsum Fermerlar maktabi o’quv dasturlarida o’zgarish bo’ladi

Joriy mavsum Fermerlar maktabi o’quv dasturlarida o’zgarish bo’ladi

       Joriy yilning 22-noyabridan Fermerlar maktabi 8-mavsum o’quv jarayonlari boshlanmoqda. Bu mavsumda o’quv dasturlarida o’zgarish bo’ladi. Oldingi mavsumlarda barcha maktablarda 5 ta modul bo’yicha darslar tashkil etilgan bo’lsa, bu mavsumda o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, tinglovchilarning vaqtlarini tejash va sohalar bo’yicha chuqurroq bilim olishlari uchun har bir maktabda 2 tadan modullar o’qitilishi yo’lga qo’yilmoqda. Hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari va qishloq xo’jaligi mavsumlari, shuningdek, tinglovchilar va soha mutaxassislarining takliflari o’rganilgan holda, har bir o’quv davrida, har bir hududda modullar tarkibi o’zgartirib boriladi.

8-mavsumda quyidagi modullar bo’yicha darslar olib boriladi:

Andijon

1. Bog’dorchilik

2. Sabzavot va polizchilik

Nukus

1. Chorvachilik

2. Issiqxona xo’jaligi

Samarqand

1. Parrandachilik

2. Uzumchilik

Termiz

1. Chorvachilik

2. Issiqxona xo’jaligi

Toshkent

1. Issiqxona xo’jaligi

2. Parrandachilik


21.11.2022 | 700