O'zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning yangi navini yaratishdi

O'zbekistonlik olimlar achchiq qalampirning yangi navini yaratishdi

O‘zbekistonda seleksioner olimlar “Sharq marvaridi” deb nomlangan achchiq qalampir navini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu nav mahalliy tuproq-iqlim sharoitida yetishtirishga mos keladi va issiqxonada yetishtiriladigan birinchi mahalliy nav hisoblanadi. "Sharq marvaridining" ko‘rinishi boshqa qalampirlardan deyarli farq qilmaydi. Bir dona butadan 45-50 tagacha meva olinadi.“Sharq marvaridi” navi gektariga 24-25,5 tonna hosil beradi. U unumdor tuproqqa talabchan va virusli kasalliklarga chidamli. Bu qalampirni yilning istalgan vaqtida yetishtirish mumkin.


08.03.2023 | 1434