Paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha muhim chora-tadbirlar

Paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarni sug‘orish uchun sarflanadigan elektr energiyasining 50 foizigacha narxi qoplanadi.
2023-yil 26-yanvar kuni Prezidentning “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan:
- Mahalliy davlat hokimiyati organlarining paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvi, ularning muassislarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb etishi, fermerlar bilan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatishi qat’iyan man etiladi;
- Paxta-to‘qimachilik klasterlariga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi, to‘rt tomonlama shartnomalar bo‘yicha zimmasiga olingan majburiyatlar bundan mustasno.
- Har yili 1-oktabrgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalarini tuzadi (2023-yil hosili uchun – 2023-yil 1-fevralgacha)
Shuningdek, 2023-yildan:
- xorijdan olib kelingan va respublikada ishlab chiqarilgan lazerli oʻrnatiluvchi avtomatlashtirilgan yer rejalashtirish moslamalarini xarid qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari oʻz tannarxining 30 foizini qoplaydi;
- paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarni nasoslar orqali sug‘orish uchun sarflanadigan elektr energiyasi narxining 50 foizigacha qoplanadi.
2025-yil 1-yanvargacha olib kiriladigan ayrim mineral oʻgʻitlar uchun bojxona toʻlovi "nol" qiymatda qoʻllaniladi.
29.03.2023 | 2567