Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Fermerlar maktabida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Fermerlar maktabida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan Fermerlar maktabining barcha hududiy maktablarida ya’ni Andijon, Samarqand, Nukus, Termiz va Toshkent hududiy Markazi binolarida bayramona kayfiyatda tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirga Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Agrobank ATB rahbariyati, Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari, Ilmiy tadqiqot institutlar olimlari, Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti vakillari hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan agrar soha rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan amaliyot hamkorlari va soha olimlari taklif etildilar.
Tadbir davomida  sohaning jonkuyar faxriylariga, “Bilimlar zamini” o‘quv kurslarda tinglovchilarga qishloq xo‘jaligi sohasida eng so'nggi zamonaviy innovatsion bilim va ko‘nikmalar shakllanishida sifatli ta'lim bergan professor-o‘qituvchilar, amaliyot hamkorlari, "100 kitob" to‘plami mualliflari hamda fidokorona mehnatlari bilan qishloq xo‘jaligi sohasi rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan soha mutaxassislari tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

       


12.12.2022 | 611