Samarqand viloyati bo’ylab "AgroTransformatsiya" hamkorligidagi loyihaning so’nggi kuni

Samarqand viloyati bo’ylab "AgroTransformatsiya" hamkorligidagi loyihaning so’nggi kuni

"Fermerlar maktabi" va "Yosh fermerlar Kengashi" bilan hamkorlikda  "AgroTransformatsiya" loyihasi yuzasidan Samarqand hududi bo'ylab 2022 yil 19-23 dekabr sanalarida “Mahalladagi yoshlarning agrar sohadagi bilim va ko’nikmalarini oshirish” reja jadvaliga muvofiq ochiq suhbatlar uchrashuviga start berilgan bo’lib, bu jarayon Samarqand hududining barcha tumanlarini qamrab oldi.
Bugun Ishtixon tumanida joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida bo'lib o'tayotgan hamkorlikdagi uchrashuvning so’nggi kuni.
Samarqand viloyatidagi yosh fermerlar, fermer ayollar va qiziquvchi yoshlar, soha mutaxassislari tomonidan yer olish tartibi, biznes reja tuzish, agrobiznesda strategik menejment hamda zamonaviy dehqonchilikda marketing va brending mavzulari yuzasidan kerekli bilimlarni oldilar. Shu bilan birga kelajakda agro soha rivojiga o’z hissasini qo’shish, shu sohada o’z biznesini ochishga axd qilgan yoshlar uchun “Fermerlar maktabi” o’quv kurslarida o’qib bilim va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga zamin, imkoniyat mavjudligini angladilar.
Bu hafta Samarqand viloyatida mehmon boʻlgan hamkorlikdagi loyiha, kutilmagan sovgʻalar hamda yangi bilim va imkoniyatlarga boy boʻldi. Xar bir tumandagi ochiq uchrashuvdan so’ng, “Fermerlar maktabi” tomonidan seminarda faol ishtirok etgan yoshlarga “100 ta kitob” to'plami va esdalik sovg'alari topshirildi.


23.12.2022 | 719