Sirdaryo viloyati bo’ylab "AgroTransformatsiya" hamkorligidagi loyihaning so’nggi kuni

Sirdaryo viloyati bo’ylab "AgroTransformatsiya" hamkorligidagi loyihaning so’nggi kuni

"Fermerlar maktabi", "Yosh fermerlar Kengashi" va "Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlik yanada qiziqarli va mazmunli amalga oshirilmoqda. 2023 yilning 16-18 yanvar sanalarida "AgroTransformatsiya" loyihasi yuzasidan Sirdaryo viloyati bo'ylab “Mahalladagi yoshlarning agrar sohadagi bilim va ko’nikmalarini oshirish” loyiha doirasida reja jadvaliga muvofiq ochiq suhbatlar uchrashuviga start berilgan bo’lib, viloyatning 8 ta tumanlaridan yoshlarni qamrab olgan seminarlarimiz yakunlandi.

1000 ga yaqin yoshlarni qamrab olgan seminarlarni agrobiznesda ulkan tajribaga ega mutaxassislar olib bordi. Seminarlarda yoshlar bilan sohada trendda bo'lgan biznes g'oyalar mulohaza qilindi va o'rganildi. O'z fikrlari bilan bo'lishishni istagan yoshlar bilan videolavhalar tayyorlandi. Shu bilan birga kelajakda agro soha rivojiga o’z hissasini qo’shish, shu sohada o’z biznesini ochishga axd qilgan yoshlar uchun “Fermerlar maktabi” o’quv kurslarida o’qib bilim va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga zamin, imkoniyat mavjudligini angladilar. Sirdaryo viloyatida mehmon boʻlgan hamkorlikdagi loyiha, kutilmagan sovgʻalar hamda yangi bilim va imkoniyatlarga boy boʻldi. Xar bir tumandagi ochiq uchrashuvdan so’ng, “Fermerlar maktabi” tomonidan seminarda faol ishtirok etgan yoshlarga “100 ta kitob” to'plami va esdalik sovg'alari topshirildi.



20.01.2023 | 570