Termiz hududiy “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi bitiruvchisi Mamatov Ravshan Raxmonjonovichning hozirgi kundagi faoliyati haqida

Termiz hududiy “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi bitiruvchisi Mamatov Ravshan Raxmonjonovichning hozirgi kundagi faoliyati haqida

Termiz xududiy “Fermerlar maktabi” 3-mavsum bitiruvchisi Oltin sertifikat sohibi Mamatov Ravshan Raxmonjonovich Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Paxtazor MFYda istiqomat qiladi. Hozirgi vaqtda qaxramonimiz “Olmos zanjiri” MChJ ta’sischisi va raxbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
U o‘zining ish faoliyati jarayonida 40 sotix maydonda 500 dona mayer (mir) navli eksport bob limon ko‘chatlari ekdi. Mamatov Ravshan Raxmonjonovich tajribali tadbirkor bo‘lib u har bir yerdan unumli va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ygan. Limon ko‘chatlari oraliq egatlar orasiga 2500 dona pomidor Runner F1 duragayi va bodiring yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga qishki-baxorgi mavsumda 10000 dona pomidor Buron F1 duragayi ekish rejalashtirgan.
Ushbu loyixa 2022 yil 9 mart sanasidan amalga oshirish boshlangan.




22.12.2022 | 621